Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo vaqtida quyosh urishidan saqlanish qoidalari haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, ob-havoning keskin isib ketishi, ayniqsa, bolalar, qariyalar va bemorlarga og‘ir ta’sir qiladi. Hatto sog‘lom odamlar ham ba’zi bir qoidalarga rioya etishlariga to‘g‘ri keladi. Quyosh urishi ochiq havoda to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlari ostida sodir bo‘ladi, lekin issiq ta’sir qilgandan so‘ng 6—8 soat o‘tib ham boshlanishi mumkin.
Quyosh urishidan saqlanish uchun bir nechta qoidalarga rioya etish zarur:
- iloji boricha soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tik tushadigan quyosh nurlari ostida bo‘lmang;
- tabiiy matolar (paxta, kanop va boshqalar)dan tayyorlangan kiyim kiying;
- yengil, yorqin rangli bosh kiyim kiying. Ko‘zingizga quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqing;
- suv ichish rejimiga amal qiling. Tartibsiz ko‘p miqdorda suv ichish faqat chanqoqni yaxshi bosmaydi, lekin yurakni zo‘riqtiradi. Achchiqroq damlangan choy, kvas, har xil sharbatlar, mineral suv iching;
- quyoshdan himoya qiluvchi kremlardan foydalaning;
- quyoshda bo‘lib qaytganingizdan so‘ng, dush qabul qiling yoki ho‘l sochiq bilan artining;
- och qoringa yoki ovqat yeganingizdan so‘ng darhol quyosh ostida bo‘lmang.
Quyosh urishi yoki issiq urishi belgilari:
- darmonsizlik, charchoq, bosh og‘rig‘i va chanqash kuzatiladi;
- bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, butun tanada og‘riq bo‘lib, puls va nafas tezlashadi. Ayrim paytlarda ko‘ngil aynishi va qusish kuzatilishi mumkin. Terlash kuchayadi, burundan qon ketishi mumkin;
- yurak-qon tomir faoliyati va nafas olish keskin buziladi, hushini yo‘qotishi mumkin;
- ayrim paytlarda tutqanoq tutishi, alahsirash, gallyutsinatsiya kuzatilishi mumkin;
- quyosh urishining og‘ir shaklida ter ajralishi to‘xtaydi, agarda bemorga tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, nafas va yurak to‘xtashi mumkin.
Birinchi tibbiy yordamni to‘g‘ri ko‘rsatish inson hayotini saqlab qolishi mumkin. Asosiysi, kishi o‘zini yo‘qotmasdan hammasini to‘g‘ri va tez bajarish zarur.
- bemorni salqin joyga o‘tkazish, chalqancha yotqizish, boshini salgina ko‘tarib qo‘yish, kiyimlarini yechish, butunlay tinch muhit yaratish va toza havo kelishini ta’minlash;
- agar bemor hushida bo‘lsa achchiq choy yoki sovuq suv ichirish (yaxshisi, suvga 0,5 litrga 0,5 choy qoshiqda tuz qo‘shish); boshini sovuq suv bilan ho‘llash yoki boshiga nam sochiq qo‘yish;
- og‘ir holatlarda bemorni ho‘llangan choyshab bilan o‘rab qo‘yish yoki ustidan sovuq suv quyib turish mumkin, lekin ehtiyot bo‘lish kerak (tana harorati 30 gradusdan tushib ketmasligi kerak). Agar iloji bo‘lsa, qon tomirlari ko‘p bo‘lgan qo‘ltiq osti, chov va tizza orqasiga muz yoki sovuq suv to‘ldirilgan baklajka qo‘yish kerak;
- quyosh yoki issiq urgan bemorlarni yaqin o‘rtadagi davolash muassasasiga olib borish zarur. Og‘ir hollarda esa zudlik bilan tez yordam brigadasini chaqirish zarur.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?