06:00 / 01.08.2022
1 519

Vrach jaziramaning inson psixologiyasiga salbiy ta’sirlarini aytdi

Vrach jaziramaning inson psixologiyasiga salbiy ta’sirlarini aytdi
Tibbiyot fanlari nomzodi, rossiyalik klinik psixolog Denis Dolgov o‘zining Telegramdagi kanalida issiqning psixikaga ta’siri haqida gapirdi.

Mutaxassisning fikricha, havo harorati tananing barcha funksiyalariga, jumladan, yuqori asabiy faoliyatga ta’sir qiladi.

«AQSHlik Devid Mayers olti shtatda jinoyatchilik darajasini o‘rganib chiqdi va quyidagi tendensiyani aniqladi: haroratning atigi ikki darajaga oshishi jamiyatda tajovuzkorlikni jiddiy ravishda oshiradi», dedi shifokor.

Psixologning ta’kidlashicha, issiqda miya gipoksiya (kislorod yetishmasligi), gipovolemiya (suyuqlik yetishmasligi) va tuzlarning yo‘qolishi tufayli elektrolitlar buzilishidan aziyat chekadi, bu yesa aqliy qobiliyatlarning pasayishiga, asabiylashishga olib keladi. Uyqu sifati yomonlashadi.

Issiqlikning salbiy ta’siridan qochish uchun vrach suv-elektrolitlar muvozanatini saqlashni maslahat beradi.

«Agar normal vaqtlarda choy, qahva va boshqa ichimliklarni hisobga olmaganda, vaznning kilogrammiga 30 millilitr suv ichish tavsiya etiladi, issiq havoda bu miqdorni 40-50 millilitrgacha oshirish kerak. Tuz haqida ham unutmang, issiqda u tanadan ko‘p miqdorda chiqib ketadi», - deydi shifokor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Vrach jaziramaning inson psixologiyasiga salbiy ta’sirlarini aytdi