
Eat This, Not That portalida ma’lum qilinishicha, 50 yoshdan so‘ng 5 ta mahsulotni ko‘proq iste’mol qilish kerak.
50 yoshdan oshgandan so‘ng, kunlik ratsionga don mahsulotlarini kiritish tavsiya etiladi, biroq ularni rafinadlangani emas, balki butun donli krekerlar shaklida yengil tamaddi sifatida yoki sho‘rva, pishloq bilan iste’mol qilish mumkin.
Bundan tashqari, yong‘oq, bodom, keshyu, grek va o‘rmon yong‘oqlari, pista iste’mol qilish ham foydali. Ushbu mahsulotlar oqsil va foydali yog‘larga to‘la. Shuningdek, rezavorlar (qulupnay, malina, qorag‘at, klyukva) ham organizmga foydali bo‘ladi. Ularni yogurt, yoki smuzi bilan iste’mol qilish mumkin.
Garnir sifatida oq loviya yeyish kerak. Va albatta sabzavotlar haqida ham unutmaslik lozim. Kraxmalga boy - kartoshka, no‘xat va makkajo‘xorilar tarkibida uglevodlar ko‘p, ayniqsa, shirin kartoshka A vitaminiga boy. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar