Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyo bo‘yicha taxminan 2,2 milliard kishining ko‘rish qobiliyati susaygan. Ularning katta qismini 50 yoshdan oshgan odamlar tashkil etadi. AQSH olimlari ko‘rish qobiliyati yomonlashishining oldini olish bo‘yicha tajriba o‘tkazdi.
«Aslida nigohlarning o‘tmaslashishi 40 yoshdan boshlanadi. Vaqt o‘tgan sari uzoq yoki yaqinni ko‘rish qobiliyati zaiflasha boradi. Keksayganda esa aksariyat kishilar gazeta-jurnal va kitoblarni ko‘zoynaksiz o‘qishga qiynalib qoladi. Ba’zilarda esa ko‘rish qobiliyati tomoman yo‘qoladi.
AQSHning Betesda milliy ko‘z instituti mutaxassislari tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida ushbu muammoning oldini olish yo‘li aniqlandi.
Ya’ni olimlar ikkita antioksidant yordamida ko‘z ojizligi xavfini chorak foizdan ko‘proq kamaytirish mumkinligini isbotladi. Buning uchun ilgari ishlab chiqilgan mavjud ozuqaviy qo‘shimchalar formulasi o‘zgartirildi.
Besh yil davom etgan va 4000 nafarga yaqin kishi qatnashgan tajriba ishtirokchilaridan bir guruhi S vitamini, mis, rux va beta-karotinni o‘z ichiga olgan qo‘shimchalarni qabul qildi. Ikkinchi guruh yangi formulaga asosan tayyorlangan, ya’ni lutein va zeaksantin antioksidantlari bilan boyitilgan dorivor tarkibga ega qo‘shimchalardan foydalandi.
Yakunda yangi formulaga ega ozuqaviy qo‘shimcha ko‘z o‘tmaslashishi xavfini 26 foizga kamaytirishi aniqlandi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi