Foto: «Noviy ochag»
Oziq-ovqatlar tarkibidagi moddalar organizmga har qanday vitamin qo‘shimchalardan ko‘ra yaxshi so‘riladi. Shuning uchun yodda tuting: agar o‘zingizni va yaqinlaringizni viruslardan himoya qilmoqchi bo‘lsangiz, ishni to‘g‘ri ovqatlanishdan boshlashingiz kerak. Immunitetingizni ko‘tarish uchun organizmga foydali bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini tuzib chiqing.
Yogurt
Immunitetni ko‘tarish uchun ovqatlanish ratsioniga qanday mahsulotlarni kiritish kerak? Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, probiotiklarga boy oziq-ovqatlar ichak florasini normallashtirishi va shu bilan birga immunitet tizimini mustahkamlashi mumkin. Agar kasal bo‘lib qolsangiz, tabiiy yogurt yoki qatiq iste’mol qilish kasallik vaqtini 2-3 kunga qisqartirishga yordam beradi. Mavsumiy gripp va kuchli shamollash paytida tabiiy yogurtlarni iching yoki laktobakteriyalar va bifidobakteriyalar qabul qiling.
Sarimsoq
Sarimsoq — allitsinga boy bu mahsulot eng kuchli mikroblarga qarshi ta’sirga ega. Yodda tuting: sarimsoq ezilganda allitsin hosil bo‘ladi va pishirilganda esa ushbu modda tezda yo‘qoladi. Immunitet tizimiga foydali bo‘lishi uchun ovqatingizga yangi maydalangan sarimsoqni qo‘shib iste’mol qiling.
Zanjabil
Zanjabilning foydali xususiyatlari qadim zamonlardan beri ma’lum. Olimlar zanjabil tarkibida A, C, B vitaminlari, magniy, sink, fosfor, temir, kaliy borligini aniqladi. Zanjabil ildizi immunitet tizimiga yaxshi ta’sir qiladi, shuningdek metabolizmni faollashtiradi. Yana bir foydali jihati shundaki, zanjabil tanani isituvchi ta’siriga ega, bu esa qishda yoqimli bo‘ladi.
Brokkoli
Brokkolining tarkibida kuchli antibakterial ta’sirga ega bo‘lgan organik birikma — sulforafon mavjud. Ko‘plab shifokorlar brokkoli hatto xavfli o‘smalarning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishini aytgan.
Foto: «Noviy ochag»
Yertut
Barcha rezavor mevalar immunitetga yaxshi ta’sir qiladi va atrof-muhitning zararli ta’sirini bartaraf etishga yordam beradigan antioksidantlarga boy. Biroq yertutda antosiyaninlarning ko‘p miqdori mavjud va bu tufayli ular organizmni mukammal darajada mustahkamlaydi. Mazali meva immunitetni mustahkamlovchi ta’sirga ega.
Olma
Olmaning eng foydali xususiyati ichaklarda yashovchi foydali bakteriyalar uchun yaxshi oziq-ovqat bo‘lgan eruvchan tolaning yuqori miqdoridir. Ma’lum bo‘lganidek, sog‘lom ichak mikroflorasi kuchli immunitetning kaliti hisoblanadi.
Foto: «Noviy ochag»
Asal
Asalda organizmning himoya kuchlarini mustahkamlovchi juda ko‘p foydali moddalar mavjud. Yana bir muhim xususiyati: asal tinchlanishga va stressni yengishga yordam beradi. Qancha kam tashvish bo‘lsa, immunitet shuncha yuqori bo‘ladi. Sovuq mavsumda kuniga bir osh qoshiq iste’mol qiling va ta’sirni kuchaytirish uchun asalni yong‘oq bilan aralashtiring. Bolalarning immunitetini mustahkamlash uchun ushbu mahsulotdan foydalanishni unutmang.
Na’matak
Na’matakda C vitamining yuqori miqdori mavjud, uning qaynatmasi o‘zini viruslardan himoya qilmoqchi bo‘lganlar va kasal bo‘lganlar uchun katta yordam beradi.
O‘rmon yong‘og‘i (funduk)
Yong‘oqlar — haqiqiy tabiiy dori hisoblanadi. Yong‘oqlarda mavjud bo‘lgan o‘simlik moddalari proantotsianidinlar eng kuchli antioksidantlar bo‘lib, ular C vitaminidan deyarli 20 barobar kuchliroq. Proantosiandinlar ham qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi, qon bosimini pasaytiradi va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishda samarali vosita bo‘la oladi.
Foto: «Noviy ochag»
Dengiz baliqlari
Dengiz baliqlari qimmatli omega-3 yog‘ kislotalari, oqsil, aminokislotalar va eng muhimi, immunitet hujayralarining ishida faol ishtirok etadigan sinkga boy. Yog‘li baliqlar juda foydali hisoblanadi — sardinalar, forel, losos, tunes baliqlari bolalar va kattalar uchun ajoyib immunitetni ko‘taruvchi mahsulotlardir. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi