Buyuk Britaniya olimlari saraton kasalligining eng xavfli turini erta aniqlash usulini topdi. Izlanishlarda oshqozon osti bezi saratoniga chalingan 9 ming nafarga yaqin kishining tibbiy ma’lumotlari (turli davrlardagi tana vazni indeksi, qondagi qand miqdori) 35 ming nafar sog‘lom insonlar ko‘rsatkichlari bilan solishtirilgan.
Ta’kidlanishicha, oshqozon osti bezi saratoni o‘sma kasalliklari orasida eng xavflisi hisoblanadi. Chunki u sezilarli alomatlarsiz paydo bo‘ladi. Vazn kamayishi va qon tarkibida qand miqdori oshishi bu dardga xos belgilardir. Ammo organizmdagi ushbu o‘zgarishlar qachon va qanday sodir bo‘lishi noma’lum. Agar shifokorlar bu borada aniq ma’lumotga ega bo‘lsa, kasallikni erta tashxislash imkoniyati oshishi, shubhasiz.
Mazkur ehtiyoj Buyuk Britaniya olimlari izlanishlari uchun sabab bo‘ldi. Ular yuqoridagi alomatlar bemorlarda qachon rivojlanishini o‘rgandi. Yakunda ushbu xavfli dardga yo‘liqqan odamlarda keskin vazn yo‘qotish holati kasallik tashxisi qo‘yilishidan ikki yil avval boshlangani ma’lum bo‘ldi. Ya’ni ularda tana vazn indeksi sog‘lom kishilarga nisbatan deyarli uch birlik pastligi qayd etildi. Shuningdek, oshqozon osti bezi saratoniga chalinganlar qonida qand miqdori ortishi xastalik aniqlanishidan uch yil oldin boshlangani kuzatildi.
Olimlarning yakuniy xulosasiga ko‘ra, qandli diabetdan aziyat chekayotgan bemorlarda ushbu o‘sma kasalligi rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar