14:46 / 11.11.2022
1 607

Organizmda yod tanqisligini qanday aniqlash mumkin?

Organizmda yod tanqisligini qanday aniqlash mumkin?
Foto: Pinterest
Statistik ma’lumotlar ko‘ra, qalqonsimon bez patologiyalari dunyoda qandli diabetdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Bu noto‘g‘ri ovqatlanish bilan ham bog‘liq. Yod yetishmasligi qalqonsimon bezni tom ma’noda o‘ldiradi va eng xavflisi shundaki, ushbu elementning tanqisligi alomatlarsiz kechadi. Biroq taxmin qilish mumkin bo‘lgan belgilar mavjud, deb yozadi The Voice Mag.

Yod nafaqat qalqonsimon bezning ishida ishtirok etadi, balki organizmda tiroksin va triyodotironin hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, u hujayralarning o‘sishi va normal nafas olishi, shuningdek, natriy va gormonlarni tashish uchun zarurdir. Ushbu jarayonlar buzilganida, barcha organizm tizimlarida muammolar paydo bo‘ladi.

Odatda, inson organizmida 50 mg gacha yod mavjud. Yarimdan bir oz ko‘prog‘i qalqonsimon bez deposida saqlanadi, qolganlari mushak va qonga tarqaladi, ayollarda esa tuxumdonlarda ham bo‘ladi. Ko‘pincha yod yetishmasligi qalqonsimon bez aniq yordam signallarini yuborishni boshlaganda aniqlanadi.

Biroq sog‘liqda jiddiy asoratlar paydo bo‘lishidan oldin muhim mikroelementning yetishmasligidan shubha qilish mumkin bo‘lgan bir nechta belgilar mavjud. Bularga quyidagilar kiradi:
  • vazn ortishi;
  • shish;
  • doimiy charchoq hissi;
  • depressiya, yomon kayfiyat, stress;
  • diqqat va xotiraning yomonlashishi;
  • quloqda shovqin, bosh aylanishi, rangparlik.

Organizmdagi yod yetishmasligini aniqlashning mashhur xalqona usuli yod chizish testidir. Ammo shifokorlar bu usulni ishonchli deb hisoblamaydi. Qanday bo‘lmasin, yod yetarli emasligi va qalqonsimon bezning ishlashi buzilganligi haqida shubhalar bo‘lsa, mutaxassis bilan bog‘lanish kerak. Klinik tahlillar hammasini aniqlaydi.

Hech narsa bezovta qilmasa ham, vaqti-vaqti bilan profilaktika maqsadida endokrinolog bilan maslahatlashishni unutmaslik lozim. Ko‘plab hududlar aholisida yod tanqisligi kuzatiladi, ammo yod preparatlarini o‘zboshimchalik bilan ichish xavflidir, chunki uning ortiqcha miqdori ham zararli bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Organizmda yod tanqisligini qanday aniqlash mumkin?