06:00 / 12.11.2022
1 125

Ko‘z ravshanligini ta’minlovchi muolajalar

Ko‘z ravshanligini ta’minlovchi muolajalar
Yosh o‘tgan sayin aksariyat insonlarning ko‘rish qobiliyati zaiflashib boradi. Bu xastalik tibbiyotda makulyar degeneratsiya deb nomlanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda birgina Yevropa mamlakatlarida taxminan 67 million kishi ushbu kasallikdan aziyat chekmoqda.

Xalqaro tadqiqotchilar guruhi tomonidan olib borilgan izlanishlar natijasida yosh bilan bog‘liq ushbu ko‘z xastaligi xavfini kamaytirish yo‘li topildi.

Tajriba sinovlari shuni ko‘rsatdiki, organizmda xolesterin moddasining yuqori darajasini davolash yoki qandli diabetning ikkinchi tipini nazorat qilishga mo‘ljallangan dori-darmonlarni muntazam iste’mol qilish orqali bu dardga chalinish ehtimolini pasaytirish mumkin.

Tadqiqotga 50 yoshdan oshgan kishilar jalb etildi. Ular to‘rt toifa, ya’ni tanasida xolesterin darajasini pasaytirish, diabetni nazorat qilish, yallig‘lanishlarni bartaraf etish yoki tayanch-harakat tizimi xastaliklarini davolash maqsadida dorilar qabul qilayotgan bemorlar orasidan saralab olindi.

Yakunda xolesterin yoki diabetga qarshi qo‘llanilgan preparatlar yosh bilan bog‘liq makulyar degeneratsiyaga chalinish xavfini 22 foizgacha kamaytirishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ko‘z ravshanligini ta’minlovchi muolajalar