date

“Umurtqa protruziyasi xavflimi?”

“Umurtqa protruziyasi xavflimi?”

Yaqinda magnit rezonans tomografiya tekshiruvidan o‘tdim. Tahlil xulosasiga ko‘ra menga umurtqa churrasi va protruziyasi tashxisi qo‘yildi. Aslida ham protruziya nima degani? Xavfli kasallik emasmi?

Umarjon Abdullaev, Andijon viloyati, Asaka tumani

Savolga oliy toifali shikofor vertebrolog Rustam MUSAEV javob beradi:

Protruziya umurtqalar orasida joylashgan diskdagi ostexondroz kasalligi asoratida yuzaga keladigan holatdir. Ostexondrozda umurtqalar orasidagi diskda degenerativ o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Disk ichidagi bosim kasallik evaziga ortadi. Umurtqalararo dikslar ikki hil tarkibdan iborat: fibroz halqa va pulpoz o‘zak (yadro). Pulpoz o‘zakning siljishi protruziyaga olib kelsa, pulpoz o‘zakning fibroz halqasini yirtib chiqishi churraga sabab bo‘ladi. Anglaganingizdek, umurtqalararo disk churrasining boshlang‘ich jarayoni protruziyadir. Sizga tavsiyam umurtqa kasalliklari mutaxassisi – vertebrologga murojaat qiling. Tibbiy ko‘rikdan so‘ng kerakli davo choralari buyuriladi. Asosiy muolaja bilan birgalikda ortopedik rejimga rioya etish, og‘ir ko‘tarmaslik, shamollash holatlaridan saqlanish, jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish, suzish, turnikka osilish, uzoq o‘tirmaslik va harakatda bo‘lish lozim. Bezovtalik kuzatilganida og‘rik xarakteriga ko‘ra zarur choralar ko‘riladi.

Manba: Darakchi.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Salomatlik » “Umurtqa protruziyasi xavflimi?”

Ko'p o'qilgan Salomatlik yangiliklari