22:35 / 23.12.2022
1 455

Qishda bo‘g‘imlarga g‘amxo‘rlik qilish uchun 5 ta asosiy qoida

Qishda bo‘g‘imlarga g‘amxo‘rlik qilish uchun 5 ta asosiy qoida
Foto: Pinterest
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, qishda bo‘g‘imlar og‘rig‘idan shifokorlarga shikoyat qiladigan bemorlar soni ortadi, deb yozadi The Voice Mag.

Mutaxassislar qishda bo‘g‘imlar salomatligini saqlash uchun muhim tavsiyalarni berib o‘tdi.

Ratsionga yog‘li baliqlarni kiritish

«O‘nta holatdan to‘qqiztasida bo‘g‘imlardagi muammolar yallig‘lanish bilan bog‘liq va bu, o‘z navbatida, prostaglandinlar (organizmning deyarli barcha to‘qimalarida, shu jumladan qon tomirlari devorlarida sintez qilinadigan gormonga o‘xshash moddalar) ning yuqori konsentratsiyasidan kelib chiqadi. Ushbu moddalarni parhez orqali boshqarish hayratlanarli darajada oddiy va yog‘li baliqlar, shuningdek, zig‘ir va chia urug‘i kabi omega-3 yog‘ kislotalari bu jarayonda asosiy rol o‘ynaydi», — deydi mutaxassis Eyls Xichens.

Antioksidantlar iste’mol qilish

«Meva va sabzavotlar organizmdagi yallig‘lanishni to‘xtatishga yordam beruvchi antioksidantlarga boy. Rangi qanchalik yorqin bo‘lsa, mahsulot tarkibidagi antioksidantlar shunchalik ko‘p bo‘ladi, shuning uchun rezavor, bulg‘or qalampiri, sabzi va pomidorlarni ratsionga kiritish tavsiya etiladi. Sho‘rvalar esa qishda iste’mol qilinadigan sabzavotlar miqdorini oshirishning ajoyib usulidir», — deydi parhezshunos Syuzan Bouermen.

C vitaminini ko‘proq iste’mol qilish

«Yosh o‘tishi bilan bo‘g‘imlardagi moylash miqdori kamayadi, buning natijasida harakatlar qiyinlashadi va og‘riq paydo bo‘ladi. C vitamini bo‘g‘imlarni himoya qilish va mushak, pay va to‘qimalarning elastikligini oshirishga yordam beradigan asosiy komponent — kollagen ishlab chiqarish uchun juda muhimdir», — deya tushuntiradi ovqatlanish mutaxassisi Anita Bin.

Kungaboqar yog‘ini zaytun yog‘iga almashtirish

«Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kuniga uch osh qoshiq zaytun yog‘i ichish bo‘g‘imlarning shishi va suyak eroziyasini kamaytiradi. Ratsionga sifatli zaytun yog‘ini kiritish artrit va yallig‘lanish alomatlarini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin», — deydi ovqatlanish mutaxassisi Valeri Espinass.

Taomlarni uzoq pishirish

«Bizning ota-bobolarimiz go‘sht va baliqni bir necha soat davomida pishirgan va shuning uchun oziq-ovqatdan ushbu jarayonda ko‘proq kollagen chiqarilgan. Agar bo‘g‘imlarga g‘amxo‘rlik qilish kerak bo‘lsa, kamida haftasiga bir marta sekin va uzoq pishirilgan ovqatni iste’mol qilishga odatlanish lozim», — deb maslahat beradi parhezshunos-terapevt Kerolayn Xind.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qishda bo‘g‘imlarga g‘amxo‘rlik qilish uchun 5 ta asosiy qoida