Foto: The Voice
Ayollar 30 yoshdan oshgandan keyin nafaqat vazn orttirmasligi uchun, balki turli xil kasalliklar xavfi tufayli ham parhezga e’tiborli bo‘lishi kerak. Endokrinolog-vrach Alina Alkasheva ayollar salomatligiga zarar yetkazadigan, parhezga kiritishda ehtiyot bo‘lish kerak bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini e’lon qildi.
Mutaxassis ushbu mahsulotlarning xavfli ekanini ta’kidladi, chunki ularni uzoq vaqt davomida iste’mol qilish noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Mutaxassis Alkasheva ayollarga shakarni ko‘p miqdorda iste’mol qilmaslikni tavsiya qildi, chunki shakar vazn ortish xavfini yuzaga keltirishi, insulin bilan bog‘liq muammolarni yuzaga chiqarishi, yurak-qon tomir kasalliklari, polikistik tuxumdon sindromi va aterosklerozga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, shakar yuz terisiga yomon ta’sir ko‘rsatadi: u kollagen ishlab chiqarishni to‘xtatadi va erta qarishga olib keladi. Endokrinolog ayollar uchun oddiy uglevodlarning eng xavfsiz sutkalik miqdori 50 gramm ekanini aniqladi.
Endokrinolog-vrach spirtli ichimliklardan voz kechishni maslahat berdi. Uning ta’kidlashicha, etil spirti ichak mikroflorasiga zaharli ta’sir ko‘rsatadi va vitaminlar, minerallar, yog‘lar, oqsillar, uglevodlarning so‘rilishini buzadi.
Shifokorning ro‘yxatida barcha sutli mahsulotlar ham keltirilgan, chunki sutning tarkibida ko‘p miqdorda insulin ishlab chiqarishni qo‘zg‘atadigan laktoza mavjud. Bu yuz terisida shish va husnbuzarlarning chiqishi bilan namoyon bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?