329
Stress sizga jiddiy zarar yetkazayotganining 5 alomati: Nimanidir o‘zgartirishingiz kerak
Foto: «traveltimes.ru»
Gohida shunday kunlar bo‘ladiki, siz tushunib qolasiz: hayot juda oddiy. Bu xuddi yonayotgan velosipedda yurishga o‘xshaydi — siz va atrofingizdagi hamma narsa olov ichida qolgandek. Ba’zan esa shunchaki tuyg‘ulardan ko‘ra noaniq va aqlni ozdirar darajada nimadir bo‘ladiki, u o‘ta nozik va tushunarsiz hissiyot — surunkali stress belgilari bo‘lishi mumkin. Bu belgilardan birortasini o‘zingizda sezsangiz, har kuni dam olishga vaqt ajrating: piyoda yuring yoki telefoningizni bir soat o‘chirib qo‘ying.
Dam olish kunlaridagi bosh og‘rig‘i
Dam olish kunlaridagi bosh og‘rig‘i doimiy migrenni qo‘zg‘atishi mumkin, — deydi Vashington universiteti Bosh og‘rig‘i klinikasi direktori doktor Todd Shvedt. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun u dam olish kunlarida, ayniqsa, ovqatlanish va uxlash tartibiga rioya qilishni maslahat beradi.
Jag‘lardagi og‘riq
Tish shifokori Metyu Messina tushuntirganidek, jag‘ og‘riqlarining sababi odamning uyqu paytida tishlarini g‘ijirlatishi tufayli yuzaga keladi. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, bu holda tungi tishlar uchun qobiq-moslama sotib olish haqida tish shifokori bilan maslahatlashish kerak — uni ishlatadigan odamlarning 70 foizi bruksizmdan xalos bo‘ladi yoki uning intensivligi kamayadi.
G‘ayritabiiy tushlar
Psixologiya bo‘yicha professor Rozalind Kartraytning qayd etishicha, tush ko‘rganda ular odatda ijobiy ma’noga ega bo‘lsa, ertalabki kayfiyat tunda uyquga yotgan vaqtdagidan yaxshiroq bo‘ladi. Biroq inson yomon tush ko‘rsa, tushdagi voqealar takrorlanadi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun kechasi yetti-sakkiz soat mobaynida uxlash lozim. Shu bilan birga, uyquga yotishdan avval spirtli va kofeinli ichimliklar ichish tavsiya etilmaydi.
Tish milklaridan qon ketishi
Braziliyalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan 14 ta tadqiqot tahliliga ko‘ra, stressga uchragan odamlarda periodontal kasalliklarga chalinish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi. Chunki stress gormoni — kortizol darajasining ko‘tarilishi immunitet tizimini zaiflashtiradi va bakteriyalarning milklarga hujum qilishiga imkon beradi. Shu bois periodontolog Preston Miller ovqatlanib bo‘lgach, har gal tishlarni yuvishni va stressni kamaytirish uchun jismoniy mashqlar qilishni maslahat beradi.
Qorin og‘rig‘i
1 ming 953 kishi qatnashgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kuchli darajadagi stressni boshdan kechirgan odamlar qorin og‘rig‘idan uch barobar ko‘proq aziyat chekadi. Olimlarning ta’kidlashicha, bu ichak va miya nerv yo‘llarining umumiy bo‘lganligi sababli yuzaga keladi. Shuning uchun ikkala organ ham stress haqida signal oladi. Tadqiqot mualliflari psixoterapiya, meditatsiya va treninglar yordamida og‘riq bilan kurashishni tavsiya qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?