17:13 / 20.01.2023
553

Jig‘ildon qaynashi organizmdagi qanday kasalliklardan ogohlantiradi?

Jig‘ildon qaynashi organizmdagi qanday kasalliklardan ogohlantiradi?
Foto:«traveltimes.ru»
Jig‘ildon qaynashi jiddiy kasalliklarning alomati bo‘lishi mumkin. Achchiq taomlar, spirtli ichimliklar, homiladorlik — bu har bir kattalar hayotida kamida bir necha marta duch kelgan jig‘ildon qaynashining bir nechta sabablaridan biridir.

Ko‘p hollarda, bu noxush hissiyot butunlay zararsiz sabablarga ko‘ra yuzaga keladi va o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Ba’zan esa jig‘ildon qaynashi jiddiy kasalliklarning alomati bo‘lishi mumkin. Agar so‘nggi paytlarda tez-tez bu holatni boshdan kechirayotgan bo‘lsangiz, parhez yoki turmush tarzingizni o‘zgartirgan taqdirda ham u yo‘qolmasa, albatta, shifokorga murojaat qilishingiz kerak. Quyida «bezarar» tuyulgan jig‘ildon qaynashi ogohlantirmoqchi bo‘lgan beshta kasallik:

Yurak xuruji

Yurak xurujining dastlabki belgilari jig‘ildon qaynashiga o‘xshash bo‘ladi — ko‘krak qafasida turg‘un yonish hissi… Agar jig‘ildon qaynashi belgilari qizilo‘ngachning tirnalishi xususiyati bilan birga kechsa, so‘ng yurak xuruji kuzatilsa, bunga qon oqimi yurakka yetib borishining pasayishi sabab bo‘ladi. Jig‘ildon qaynashi va yurak xuruji belgilarida biroz farq bor (masalan, jig‘ildon qaynashi og‘izda nordon ta’m bilan birga namoyon bo‘ladi va bemor yotganda ahvoli yomonlashadi), ammo faqat shifokorgina aniq tashxis qo‘yishi mumkin. Jig‘ildon qaynashi yurak xurujining boshqa belgilari (qo‘l, jag‘ yoki beldagi og‘riqlar, holsizlik, oshqozonda og‘riq) bilan birga kechsa, darhol shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

O‘t pufagidagi toshlar

O‘t pufagidagi toshlar — o‘t pufagida paydo bo‘lgan va qotib qolgan oshqozon kislotasi bo‘laklari. Ular o‘t pufagi yo‘lini to‘sib qo‘yadi va qorinning yuqori qismida og‘riq keltirib chiqarishi mumkin. Odatda og‘riq ovqatdan so‘ng tezda paydo bo‘ladi. Jig‘ildon qaynashiga qarshi dorilar uni bartaraf etolmaydi. Agar shu holat sizda kuzatilayotgan bo‘lsa, iloji boricha tezroq shifokoringizga murojaat qiling.

GЕRD

GЕRD (gastroezofagial refluks kasalligi) surunkali kasallik bo‘lib, unda oshqozon kislotasi yoki oshqozondagi qoldiq ovqat qizilo‘ngachga chiqaziladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya aholisining 13 foizi (va Moskva viloyati aholisining 26 foizi) ushbu kasallikning u yoki bu shaklidan aziyat chekmoqda. Jig‘ildon qaynashi bu kasallikning birlamchi belgilaridan biridir. Agar sizda haftada kamida ikki marta ko‘ngil aynishi kuzatilsa, gastroenterologga murojaat qilish vaqti keldi.

Oshqozon yarasi (yazva)

Oshqozon yarasidan kelib chiqadigan og‘riq ko‘pincha qorinning yuqori qismida yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri oshqozonning o‘zida paydo bo‘ladi. Ba’zi hollarda u qizilo‘ngachning yuqori qismida yonish hissi sifatida sezilishi mumkin: bu, ayniqsa, kasallikning dastlabki bosqichlarida keng tarqalgan. Bu holda shifokor bilan maslahatlashing. Yazva uzoq davolanishni va maxsus parhezni talab qiladigan jiddiy kasallikdir.

Qizilo‘ngach yoki oshqozon saratoni

Jig‘ildon qaynashi qizilo‘ngach yoki oshqozon saratoni rivojlanishidan ogohlantiruvchi dastlabki alomatlardan biridir. Xavotirga soladigan alohida sabab: doimiy jig‘ildon qaynashi va uning uzoq davom etishi. Jig‘ildon qaynashi uch hafta yoki undan ko‘proq davom etadi. Bundan tashqari, agar jig‘ildon qaynashi sababsiz vazn yo‘qotish, gaz hosil bo‘lishining kuchayishi, ko‘ngil aynishi, oshqozonning yuqori qismida og‘riq va qorinning shishishi bilan birga kechsa, bu holda ham shifokor huzuriga shoshiling.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Jig‘ildon qaynashi organizmdagi qanday kasalliklardan ogohlantiradi?