Foto: “Yandeks.ru”
Qon bosimining ko‘tarilishiga biz iste’mol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida bo‘lgan natriy salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Boshqa bir mineral — kaliy esa uni zararsizlantirishga yordam beradi. Surunkali yuqori qon bosimi borlarga iloji boricha ko‘proq kaliyga boy taomlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi. The Voice nashri qon bosimi yuqori insonlarga tavsiya etiladigan mahsulotlar haqida ma’lumot berdi.
Yog‘siz pishloq
Ushbu foydali mahsulot qomatga zarar bermaydi, yurak faoliyatini normallashtiradi, qon tomirlarini kengaytiradi va kalsiy, magniy va kaliyning ajoyib manbai hisoblanadi. Yaxshi natijaga erishish uchun yog‘siz pishloqni muntazam ravishda iste’mol qilish kerak: kuniga 100 gramm porsiya pishloq yetarli bo‘ladi.
Qizil bulg‘or qalampiri
Shirin, qarsillaydigan qizil bulg‘or qalampirini iste’mol qiling. Bulg‘or qalampirida ko‘p miqdorda C vitamini mavjud, shuning uchun gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarga iloji boricha bu mahsulotni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Kuniga ikkita yaxshi pishgan sabzavotni iste’mol qilish qon bosimini normallashtirishga yordam beradi.
Losos balig‘i
Omega-3 yog‘ kislotalarining yuqori miqdori tufayli bu mazali baliq yuqori qon bosimini kamaytirishga samarali yordam beradi. Iloji boricha tez-tez losos balig‘ini iste’mol qilishga harakat qiling: haftasiga 3 marta 100-150 grammdan baliq iste’mol qilinsa, qon bosimi normal darajada saqlanib turadi.
Suli yormasi
Shifokorlar gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarga har kuni ertalab suli yormasini iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Suli yormasining foydali jihatlarini tadqiqotlar tasdiqlangan: u organizmni kuchli antioksidant bo‘lgan selen bilan mukammal ta’minlaydi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?