17:25 / 22.04.2023
277

Kuniga 8 soatdan ortiq uxlash inson salomatligiga qanaqa ta’sir ko‘rsatadi?

Foto: Marie Claire 

Yangi tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ko‘p uyqu xavfli kasalliklar xavfini oshiradi. Ko‘p uxlash surunkali uyqusizlik kabi xavfli hisoblanadi. Marie Claire nashri kuniga 8 soatdan ko‘p uxlash salomatlikka qanday zarar yetkazishi haqida ma’lumot berdi.

Neurology jurnalida chop etilgan irlandiyalik olimlarning yaqinda o‘tkazgan tadqiqoti natijalari shuni ko‘rsatdiki, kechasi to‘qqiz soatdan ortiq uxlaydigan insonlarda insult xavfi ortadi. “Bizning tadqiqotimiz shuni ko‘rsatadiki, uyqu muammolari insultning oldini olishda diqqat markazida bo‘lishi kerak”, — deydi tadqiqotga boshchilik qilgan olim Kristin Makkarti.

Ushbu tadqiqot davomida Golueya universiteti olimlari 4496 kishining ma’lumotlarini tahlil qildi, ularning yarmiga yaqini allaqachon insultga uchragan. Tadqiqot ishtirokchilarining o‘rtacha yoshi 62 yoshda edi, ularning uchdan ikki qismi erkaklar bo‘lgan — 55 yoshdan oshgan erkaklar yurak-qon tomir kasalliklarining eng yuqori xavfi ostida ekanligiga ishonishadi. Respondentlardan ularning uyqu xususiyatlari haqida so‘rovnomani to‘ldirish so‘ralgan. Ishtirokchilar kuniga qancha uxlashi, uyqu sifati va kunning qaysi vaqtida uxlashlari haqidagi savollarga javob bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, insult bilan kasallanganlar guruhida 151 kishi to‘qqiz soatdan ortiq uxlagan bo‘lsa, insultga chalinmagan insonlar guruhida atigi 84 kishi xuddi shuncha vaqt uxlagan.

Haddan tashqari uyqu nima sababdan insult xavfini oshirishi hali aniqlanmagan, biroq tadqiqotchilar sabablar ishtirokchilarning boshqa turmush tarzi va sog‘lig‘i xususiyatlarida — kamqonlik, ruhiy tushkunlik, jismoniy harakatsizlik va boshqa narsalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Shuningdek, Healthline nashri ma’lumotlariga ko‘ra, muntazam ravishda ko‘p uxlash boshqa muammolar, jumladan, semizlik, qandli diabet va yurak kasalliklari bilan bog‘liq edi.

Qizig‘i shundaki, uyqusizlik insult xavfining ortishi (tadqiqotda insult guruhidagi 162 kishi besh soatdan kam uxlagan) va gipertenziya kabi bir qator boshqa holatlar bilan bog‘liq.

Olimlar kattalar uchun kuniga 7-8 soat uxlashning belgilangan me’yoriga rioya qilishni tavsiya qiladi, bu esa ortiqcha uyqudan ham, uyqusizlikdan qochishga ham yordam beradi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Kuniga 8 soatdan ortiq uxlash inson salomatligiga qanaqa ta’sir ko‘rsatadi?