Bosh og‘rig‘i ko‘pincha turli xil intensivlikdagi ko‘ngil aynishi, ba’zida qusish bilan birga keladi. Ushbu kasallikning sabablari turlicha bo‘lib, uni aniqlash uchun shifokor yordami kerak.
Ko'ngil aynishi va bosh og‘rig‘i — bu alomatlar nimani anglatadi? Qanday qilib ulardan uy sharoitida qutulish mumkin? Agar ko‘ngil aynishi bilan kechadigan og‘riqlar bilan oshqozon va ichak bilan bog‘liq bo‘lmasa, unda bu kasallikning sabablari asab tizimidagi buzilishlardan kelib chiqadi.
Bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishning mumkin bo‘lgan sabablari
Ko‘ngil aynishi yoki hatto, qusish bilan birga keladigan bosh og‘rig‘iga nima sabab bo‘lishi mumkin:
- Umurtqa pog‘onasi va bosh suyagining shikastlanishi;
- Bo‘yin osteoxondrozi;
- Ichki “cherepnoy” bosim;
- Miyadagi o‘sma jarayonlari;
- Burun infeksiyalari (frontal sinusit, sinusit);
- Meningitlar, to‘qimalarning yallig‘lanishi (meningit, ensefalit);
- Allergiya, o‘tkir respirator infeksiyalar, ko‘rish muammolari;
- Gormonal yetishmovchilik;
- Insult;
- Yurak ishemik kasalligi;
- Yelka muskullarining ortiqcha zo‘riqishi;
- Migren.
Ushbu ro‘yxat to‘liq emas. Faqatgina malakali shifokorgina aniq sababni aniqlay oladi. Hech qachon o‘zingizga mustaqil ravishda tashxis qo‘ymang!
Noxush alomatlardan qanday qutulish mumkin?
Ko‘ngil aynishi bilan kechadigan bosh og‘rig‘ining alomatlarini yengillashtirish uchun uy sharoitida bir necha usullarni qo‘llab ko‘rishingiz mumkin. Quyidagilar xavfsiz va oddiy usullardir:
- Tuz eritmasi. Bu nafaqat og‘riqni yengillashtiradi, balki bosimni ham kamaytiradi. Dokani 8 ta qatlamga qatlang. 250 ml suvni olovga qo‘ying va uni 60-70 daraja haroratga keltiring. Unga o‘rtacha 2 osh qoshiq tuz solib eriting. Peshona, quloqlar va boshingizni iliq suv bilan namlang. Dokani issiq eritmaga soling, siqib oling va boshni bog‘lang (peshona, quloq, ensa doka bilan qoplangan bo‘lishi kerak).
- Qattiq ko‘ngil aynishda limon bo‘lagini shimib ko‘ring.
- Qon bosimingizni o‘lchang. Agar u yuqori yoki past bo‘lsa, shifokor sizga buyurgan dorini qabul qiling
- Maxsus nuqtalarni uqalash amaliyotini bajaring.
- Boshning orqasida, bosh suyagi tagida, bo‘yinning ikkita katta mushaklari o‘rtasida ikkita parallel chuqurchani toping. Bular ong eshiklari deb ataladigan eshiklardir. Ushbu nuqtalarga ozgina bosing va ularni massaj qiling. Shuningdek, siz artrit, migren, asabiylashish va harakat koordinatsiya bilan bog‘liq muammolarni sezasiz.
Bosh og‘rig'i va ko‘ngil aynishidan butkul xalos bo‘lish uchun aniq tashxis qo‘yish borasida shifokor bilan maslahatlashing. O‘zbilarmonlik bilan davolanish sog‘lig‘ingizga zarar yetkazishi hech gap emas.
Ekspert fikri
“Ko‘ngil aynishi gastrit belgilaridan biri bo‘lib, u dunyo aholisining 60 foizini qamrab oladi. Bu kasallik juda ko‘p muammolarni keltirib chiqaradi. Bordi-yu, davolanmasa, surunkali holatga o‘tib, oshqozon yarasiga olib boradi. Oshqozon shilliq qavatining yallig‘lanishi eng ko‘p uchraydigan shikoyatlardan biridir.
O‘tkir gastrit to‘satdan paydo bo‘ladigan kasallik bo‘lib, infeksiya, me’yordan ko‘p ovqatlanish va giyohvand moddalarni iste’mol qilish natijasida yuzaga keladi. Uning alomatlarini sezmaslik mumkin emas — qorin bo‘shlig‘ida, asosan, yuqori qismida o‘tkir og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, isitma, zaiflik kuzatiladi. Shoshilinch kasalxonaga yotqizish zarur bo‘lganda eng xavfli holat oshqozondan qon ketishidir.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring