06:31 / 19.08.2023
479

Olimlar yurak xastaliklari xavfini kamaytiruvchi oltita mahsulotni ma’lum qilishdi

Olimlar yurak xastaliklari xavfini kamaytiruvchi oltita mahsulotni ma’lum qilishdi

Foto: Getty Images

Kanadaning Makmaster universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, oltita mahsulotga boy parhez yurak faoliyatini yaxshilaydi va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Tadqiqot Yevropa kardiologiya assotsiatsiyasining European Heart Journal nashrida chop etildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda yurak-qon tomir kasalliklari tufayli 18 million kishi vafot etgan. Bu dunyodagi barcha o‘limlarning 32 foizini tashkil qiladi. Ularning 85 foizi yurak xuruji va insult bilan bog‘liq.

Ushbu kasallikning asosiy sabablari chekish, ichish, noto‘g‘ri ovqatlanish, xolesterinning yuqori miqdori, ortiqcha vazn va jismoniy faoliyatning sustligi.

Tadqiqotchilar 80 ta mamlakatdan 245 ming kishini kuzatishdi. Aniqlanishicha, ratsioni meva, sabzavot, dukkaklilar, yong‘oqlar, baliq va qaymoqli sutdan iborat bo‘lgan odamlarda yurak-qon tomir kasalliklari va o‘lim xavfi bunday mahsulotlarni yetarlicha iste’mol qilmaydigan odamlarga qaraganda ancha past bo‘ladi.

Qayd qilinishicha, to‘g‘ri ovqatlangan odamlarda o‘lim xavfi 30 foizga, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi 18 foizga, miokard infarkti 14 foizga, insult xavfi 19 foizga kamaygan.

Olimlar haftalik ratsionga 2-3 porsiya meva, 2-3 porsiya sabzavot, 3-4 porsiya dukkaklilar, 7 porsiya yong‘oq, 2-3 porsiya baliq va 14 porsiya qaymoqli sut mahsulotlarini kiritishni tavsiya qilmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar yurak xastaliklari xavfini kamaytiruvchi oltita mahsulotni ma’lum qilishdi