10:55 / 19.10.2023
227

Ko‘z ostida shish paydo bo‘lishining sababi nima?

Foto: Cosmo
 

Ko‘zosti sohasida shish paydo bo‘lishi keng tarqalgan muammolardan biridir. Sababi ko‘z ostida to‘qimalar zich emas, bo‘shashgan tuzilishga ega mayda qon tomirlar ko‘p, kollagen tolalar va yog‘ to‘qimalari esa juda oz, shuning uchun ushbu soha shishishga moyil.

Ko‘zosti shish paydo bo‘lishining sabablari

Ovqatlanish rejimi buzilganda

Vaqti-vaqti bilan ertalab paydo bo‘ladi. Uyg‘ongandan keyin bir necha soat ichida yo‘qoladi. Yotishdan oldin sho‘r taomlar iste’mol qilinsa, ko‘p suyuqlik ichilsa, shish kuzatiladi. Dudlangan, achchiq mahsulotlar va spirtli ichimliklar shishga olib keladi. Shishni tezda bartaraf etish uchun bir necha daqiqaga muzdek kompress qilish tavsiya etiladi.

Ichki a’zolar kasalligi

Ko‘z ostidagi shishlar muntazam ravishda tongda paydo bo‘ladi, uzoq vaqtgacha turadi. Shuningdek, yuzning hamma qismida shish kuzatiladi. Bemor uyqudan keyin yuzida yostiq burmalarining izini ko‘rishi mumkin.Qalqonsimon bez, buyrak, yurak-qon tomir tizimi, jigar kasalliklarida paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, terining rangi sarg‘ish, ko‘ngil aynishi, oyoqlarda shish, qon bosimi ko‘tarilishi mumkin. Shuning uchun shishni keltirib chiqargan kasallikni aniqlash va davolash kerak.

Yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlar

Shish yoshi kattalarda 35—40 yoshdan keyin paydo bo‘ladi va o‘z-o‘zidan yo‘qolmaydi. Ko‘z atrofidagi mushaklar yosh o‘tishi bilan zaiflashadi va osilib qoladi. Natijada mushak orqasidagi yog‘ to‘qimasi mushak tolalari orqali o‘tib, uning ustiga joylashadi, oqibatda mayda qon tomirlarida turg‘unlik paydo bo‘ladi va shishga olib keladi. Buning uchun teri ostiga dorilar inyeksiyasi amalga oshirilsa, yog‘ almashunuvini normallashtiradi va shishning kamayishiga olib keladi. Yoki jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanadi.

Irsiyat bilan bog‘liq holat

Erta bolalikdan paydo bo‘ladi va vaqt o‘tsa ham yo‘qolib ketmaydi. Ba’zi insonlarda teri ostida ortiqcha yog‘ to‘qimalari bo‘ladi, natijada qon va limfa oqimi sekinlashadi. Bu organizm holatiga bog‘liq emas. Kosmetologik uskunalar va dorilar yordamida shishlarni davolash mumkin.

Masalan, radiochastotali yuz massaji — qon va limfa sirkulyatsiyasini yaxshilaydi, kollagen tolalar rivojlanishini rag‘batlantiradi, kosmetologik mezoignalar terini taranglashtiradi, shishlarni va terining osilib qolishini bartaraf etadi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ko‘z ostida shish paydo bo‘lishining sababi nima?