Foto: Marie Slaire
Oqibatlari turli, hatto o‘limga ham olib kelishi mumkin bo‘lgan ayrim xavfli kasalliklar nozik jins vakillarida erkaklardan ko‘ra ko‘proq kuzatiladi.
Alsgeymer kasalligi
Alsgeymer kasalligiga chalingan bemorlarning uchdan ikki qismini ayollar tashkil qiladi. Uzoq vaqt buning sababi erkak va ayollarning umr ko‘rishi, ya’ni erkaklar ushbu kasallikka qadar yetib bormasligi bilan bog‘liq, deb hisoblangan. Ammo yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, kasallikka chalinish xavfi gen va klimaks davridagi ayollarga xos gormonal o‘zgarishlar bilan bog‘liq ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Depressiya
Ayollar erkaklardan ikki barobar ko‘proq depressiyadan aziyat chekadi. Bu esa klimaks davri va menstrual sikl vaqtidagi gormonal o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Qolaversa, tug‘uruq jarayonidan keyin ayolda biologik va ijtimoiy muammolar yuzaga kelishi ham depressiyaga sabab bo‘lishi mumkin.
Yurak kasalliklari
Yurak kasalliklari ikkala jins vakillari uchun ham xavfli bo‘lishi mumkin, lekin ko‘p hollarda aynan ayollar ushbu kasallikdan vafot etadi. Bunga birinchi navbatda shifokorlarning tashxis qo‘yishda erkaklarga xos simptomlarga e’tibor qaratib, ayollarga xos spetsifik alomatlarni ko‘zdan qochirishi sabab bo‘ladi. Qolaversa, kardiologlarning ta’kidlashiga qaraganda, infarktga chalingan ayollarda erkaklarga nisbatan hamroh kasalliklar — qandli diabet, aritmiya va gipertoniya kuzatiladi. Shu sabab ham ayollarga ushbu kasallikka xos spetsifik simptomlar hamda profilaktikasi haqida ma’lumotga ega bo‘lish tavsiya qilinadi.
Urologik muammolar
Siydik yo‘llaridagi infeksiya va siydik pufagidagi muammo hamda shunga o‘xshash muammolar ham ayollarda kuchli jins vakillaridan ko‘proq kuzatiladi. Bunga erkak va ayollar tanasining tuzilish jihatidan farq qilishi va homiladorlik hamda tug‘uruq vaqtidagi zo‘riqishlar sabab bo‘ladi.
Volchanka
Ushbu autoimmun kasalligini butkul ayollar kasalligi deb hisoblash mumkin. Chunki mazkur kasallikka chalingan bemorlarning atigi 10 foizini erkaklar tashkil qiladi. Simptomlar turlicha bo‘lgani uchun ham unga tashxis qo‘yish qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Ko‘proq uchraydigani esa estrogen gormonining ko‘payishi hisoblanadi va aynan ushbu gormonal o‘zgarishni shifokorlar kasallik triggeri, deb hisoblaydi.
Insult
Insultning ayollarda ko‘p kuzatilishiga ham turli ayollarga xos gormonal o‘zgarishlar, homiladorlik va tug‘uruq sabab bo‘ladi. Ayollarda ko‘p kuzatiladigan migren va depressiya ham insultni keltirib chiqaradigan omillardan biri hisoblanadi. Shu sabab ham qon bosimini nazorat qilib turish, gipertoniya bo‘lmasligiga ahamiyat berish va insultga xos ilk alomatlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish kerak. Unutmang, yurak xurujidan keyin asoratlar va o‘lim xavfining oldini olish uchun shifokorda atigi 3,5-4 soat vaqt bo‘ladi.
Qalqonsimon bez kasalliklari
Mazkur muammo kuzatilish ehtimoli ham ayollarda erkaklardan ko‘ra 5-8 marta ko‘p bo‘ladi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, har sakkizinchi ayol qalqonsimon bez bilan bog‘liq kasallikka duch kelishi mumkin. Ulardan eng ko‘p tarqalgani gipotireoz — qalqonsimon bezning moddalar almashinuvi me’yorda bo‘lishi uchun yetarli miqdorda gormon ishlab chiqarmasligi va Xashimoto kasalligi hisoblanadi. Ushbu kasalliklarni qon tahlili va ultratovush (UZI) tekshiruvi orqali aniqlasa bo‘ladi. Asosiysi esa shifokorga borishni ortga surmaslik.
Parishonxotirlik
Ushbu kasallik ham erkaklardan ko‘ra ko‘proq ayollarga xos. Bunda bosh hamda orqa miya asab tolalari zararlanadi, onemeniya va kuchsizlanishni keltirib chiqaradi. Tadqiqotchilar esa bunga sabab qilib, erkaklarnikidan ko‘ra ayollarda ko‘proq bo‘ladigan teri ostidagi yog‘ hamda gormonal tafovutlarni ko‘rsatadi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring