13:53 / 25.12.2023
302

Doimiy bosh og‘rishining sababi nima?

Doimiy bosh og‘rishining sababi nima?

Foto: Shutterstock/Fotodom.ru

Agar bosh og‘rig‘i tez-tez takrorlanib tursa, albatta buning sababini izlash kerak. Bosh og‘rig‘iga chidash yoki og‘riq qoldiruvchi vositalar bilan davolash imkon qadar tavsiya etilmaydi. Sog‘lig‘ingiz bilan bog‘liq muammolarni eʼtiborsiz qoldirmang. Tanangiz bosh og‘rig‘i orqali boshqa jiddiy kasalliklar haqida signal berayotgan bo‘lishi mumkin.

Tez-tez bosh og‘rishining sabablari:

  • doimiy stress holati, maʼnaviy va jismoniy toliqish;
  • kam uyqu;
  • gormonal nomutanosibliklar. Masalan, homiladorlik paytida yoki menopauza paytida tana butunlay qayta tiklanganda paydo bo‘lishi mumkin;
  • ko‘z toliqishi. Bunda kompyuter oldida ko‘p o‘tirish, 3D filmlarni tomosha qilish;
  • dori vositalarini uzoq muddat qabul qilganda. Bunday hollarda dorilarni qabul qilishni to‘xtatgandan keyin yana ikki haftagacha davom etishi mumkin;
  • boshdagi jarohat. Shikastlanish og‘ir yoki yengilligiga qarab ikki haftadan sakkiz haftagacha davom etishi mumkin;
  • ortiqcha vazn;
  • meningit—bosh miya yoki orqa miya yallig‘lanishi. Bunday holda bosh og‘rig‘i ko‘ngil aynishi va qayt qilish bilan birga keladi;
  • glaukoma—ko‘z nervlarning yallig‘lanishi. 40 yoshdan oshgan odamlarda bosh og‘rig‘ining umumiy sababi;
  • miya saratoni.

Agar bosh tez-tez og‘riy boshlasa, nima qilish kerak? Qaysi shifokorga murojaat qilish talab qilinadi?

Doimiy bosh og‘rig‘i bo‘lgan odam tez-tez qiladigan birinchi ish bu og‘riq qoldiruvchi dorilarni qabul qilishidir. Lekin og‘riqni xalq tabobati bilan bartaraf etish afzalroqdir. Yangi karam bargini peshonangizga qo‘ying, romashkali choy iching va peshonangizni limon yoki lavanda efir moyi bilan uqalang. Bu bosh og‘rig‘ini ancha yengillashtiradi.

Foto: Shutterstock/Fotodom.ru

Agar doimiy bosh og‘rig‘i bo‘lsa, albatta shifoxonaga borishni unutmang. Birinchi bo‘lib nevrologga murojaat qiling, chunki ko‘pincha bunday og‘riqlar miya yoki orqa miya bilan bog‘liq muammolar tufayli yuzaga keladi. Shuningdek, terapevtga ko‘rinish ham tavsiya etiladi va u torroq mutaxassisga yo‘llanma beradi.

Bunday og‘riqning sabablari ko‘p bo‘lishi mumkin va ularning aksariyati o‘ta jiddiy. Ko‘p holatlarda og‘riq qoldiruvchi dorilarni isteʼmol qilish, shifokor qabuliga borishni sekinlashtiradi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Doimiy bosh og‘rishining sababi nima?