13:50 / 27.01.2024
123

Bosh og‘rig‘ini dori vositalarisiz qanday bartaraf etish mumkin?

Bosh og‘rig‘ini dori vositalarisiz qanday bartaraf etish mumkin?
Foto: Freepik
Bosh og‘rig‘i rejalarning buzilishiga xalaqit beradigan doimiy noxush hodisadir. Ayniqsa, u to‘satdan va sabablarsiz paydo bo‘lsa. Shifokorlar har doim ham chakka yoki bosh og‘rig‘ida dori qabul qilishni tavsiya qilmaydi. Shuning uchun, har ikki-uch haftada bir martadan ko‘proq migrendan aziyat cheksangiz, mutaxassisga murojaat qiling va sabablarini aniqlash uchun analiz testlarini topshirish yaxshiroqdir.

Agar kasallikka yo‘liqsangiz, qayta tiklanishingiz va dori-darmonlar qabul qilishdan tiyilishingiz kerak. Quyida buni qanday uddalash kerakligiga to‘xtalamiz.
  • Toza havoga chiqishga harakat qiling. Ko‘pincha, bosh og‘rig‘ining sababi uzoq vaqt davomida toza havo yo‘q joyda bo‘lishdir. Xonani shamollatish uchun derazalarni oching yoki toza havodan nafas olish uchun tashqariga chiqing.
  • Sovuq kompress qiling. Sochiqni yoki yuz uchun matosini sovuq suvga botirib, peshonaga yoki chakkaga qo‘ying. Bu tetiklanishingizga ancha yordam beradi. Asosiysi, haddan oshib yubormaslik.
  • Aromaterapiyani qo‘llang. Bir quti og‘riq qoldiruvchi dorining o‘rniga bir shisha efir yog‘i bo‘lgani ma’qul. Shuningdek, og‘riqdan xalos bo‘lishda lavanda va yalpiz ham samarali hisoblandi. Ular tanadagi bosimni bartaraf etishga va og‘riqdan xalos bo‘lishga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bosh og‘rig‘ini dori vositalarisiz qanday bartaraf etish mumkin?