15:28 / 21.02.2024
179

Organizmda omega-3 tanqisligini bildiruvchi 5 ta belgi

Organizmda omega-3 tanqisligini bildiruvchi 5 ta belgi
Baliq yog‘i XX asr boshlaridan buyon eng mashhur ozuqaviy moddalardan biri bo‘lib kelmoqda. Uni ilk bor dengiz atrofida yashovchi shimoliy xalqlar kashf etgan.

1970 yillarda eskimoslar uzoq umr ko‘rishi va yurak-qon tomir kasalliklariga kamroq chalinishi aniqlandi. Bunga sabab — ularning taomnomasida doimo baliq yog‘i bo‘lgan. Bunday yog‘larda organizmdagi xolesterin miqdorini kamaytiradigan omega-3 yog‘ kislotasi mavjud. Keyinroq olimlar yog‘ kislotalari butun organizmga ijobiy ta’sir qiluvchi eng muhim modda degan xulosaga keldi. Shu tariqa baliq yog‘i tabobat va kundalik hayotda qo‘llanila boshlandi.

Foto: Byplants
Yog‘ kislotalari tanamizdagi va iste’mol qilinadigan oziq-ovqat tarkibidagi yog‘larning qurilish materialidir. Baliq yog‘idan olingan kislotalar to‘yingan va to‘yinmagan guruhga bo‘linadi. To‘yinmagan yog‘ kislotalari o‘z navbatida bir necha turga bo‘linadi: omega-9, omega-6 va omega-3.

Quyida omega-3 turi haqida batafsil so‘zlashamiz

Ushbu yog‘ kislotalari hujayralarni qurishdan saqlaydi va yurak-qon tomir tizim faoliyatini rag‘batlantirish vazifasini bajaradi. Olimlarning ta’kidlashicha, agar ayol homiladorlik davrida oziq-ovqatdan yetarli miqdorda omega-3 ni qabul qilsa, u holda bola sog‘lom va kuchli, yaxshi shakllangan nevrologik va immun tizimiga ega bo‘lib tug‘ilish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Agar taomnomaga omega-3 qo‘shilsa, u holda bola tengdoshlariga qaraganda tezroq rivojlanishi mumkin. Voyaga yetganda qo‘llanilsa, u teri, tirnoq va sochni mustahkamlaydi, keksalikda esa ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi, yurak va qon tomirlarini himoya qiladi, xotira va yaxshi kayfiyatni saqlashga yordam beradi.

Organizmda omega-3 yetishmasligini anglatuvchi 5 belgi

1. Omega-3 yetishmasligining asosiy signallaridan biri terining quruqligidir. Ushbu kislota teridagi namlikni va epidermisning elastikligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Agar tanada yetarli miqdorda yog‘ kislotalari bo‘lmasa, terida quruqlik va qichishish kabi holatlar kuzatiladi.

2. Omega-3 bosh miya faoliyati uchun muhim modda hisoblanadi. Uning yetishmasligi xotira va diqqatni jamlash bilan bog‘liq muammolarga olib keladi. Omega-3 tanqisligidan aziyat chekadigan insonlarda yangi ma’lumotlarni eslab qolish va e’tiborni biror narsaga qaratishda qiyinchilik kuzatiladi.

3. Omega-3 yog‘ kislotalari ruhiy salomatlikni saqlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Depressiya, tushkunlik va doimiy yomon kayfiyat omega-3 tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

4. Ushbu yog‘ kislotasining yana bir muhim xususiyati — yallig‘lanishga qarshiligi. Omega-3 yetishmasligi har qanday turdagi surunkali yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin.

5. Omega-3 kislotalari ko‘z pardasi uchun foydalidir. Uning tanqisligi qorong‘ida yomon ko‘rish yoki ko‘zlar qurishiga olib kelishi mumkin. Yoshi kattalarda ko‘z nurining pasayishi ham omega-3 tanqisligi bilan bog‘liq.

Foto: Byplants
Omega-3 tanqisligini to‘ldirish uchun shifokorlar dorixonalarda keng tarqalgan qo‘shimchalar shaklidagi kapsulalarni qabul qilishni tavsiya etadi. Biroq unutmang, shifokor ko‘rsatmasi va nazoratisiz hech qanday vitaminlarni o‘zboshimchalik bilan qabul qilish mumkin emas.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Organizmda omega-3 tanqisligini bildiruvchi 5 ta belgi