19:39 / 05.03.2024
227

Shamollashni tezda davolash uchun harakatlar rejasi

Shamollashni tezda davolash uchun harakatlar rejasi
Shamollash, burun oqishi, yo‘tal, o‘tkir respiratorli infeksiyalar va gripp har qanday vaqtda sizni bezovta qilishi mumkin. Ammo qayerda bo‘lsangiz ham, davolanishni zudlik bilan boshlash kerak. Wday nashrida keltirilgan shifokorlar maslahati bu borada sizga yordam beradi.

Foto: “Noviy ochag”
Tongda
Ertalab qizarib ketgan tomoq va bitib qolgan burun bilan uyg‘ongan bo‘lsangiz, burun va tomoqni chayishni unutmang.

Ovqatdan yarim soat oldin propolis nastoykasi va suvni aralashtirib (5 osh qoshiq suv uchun 1 osh qoshiq propolis nisbatda) iching.
  • Burningizni tuzli suv bilan chaying.
  • Nonushtada limonli choy yoki na’matak damlamasini iching.
  • Dori vositalaridan steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi dorilar yordamga keladi. Uydan chiqishdan avval burunga tomchilar tomizing.

Shamollash vaqtida taomlanish
  • Sabzi. Karotin normasini to‘ldirish uchun ismaloq, bulg‘or qalampiri va xurmo kabilarni iste’mol qiling.
  • Go‘sht. Mol jigari, pishloq, baliq yog‘i tanani omega-3 kislotalari va A vitamini bilan to‘ldiradi.
  • Qora smorodina, kivi, apelsin, tuzlangan karam, na’matak damlamasi yo‘qotilgan C vitaminining o‘rinini to‘ldiradi.
  • Dengiz mahsulotlari yoki unib chiqqan bug‘doy va buzoq jigari rux me’yorini tiklashga yordam beradi.

Kun davomida
Bezovtalik ish vaqtida boshlangan bo‘lsa, kech kirishini kutmasdan zudlik bilan davolanishni boshlang.

Askorbin kislotasi birinchi yordamni ta’minlaydi. Ammo tabletkalarni ishlatmang, lekin qonga tezroq kirib boradigan va och qoringa qabul qilinganda zarar keltirmaydigan kukundan qabul qiling. Davolanishda sizga 1 g askorbin kislota kerak bo‘ladi: kukundan bir choy qoshiq miqdorda limonli yoki oddiy choyga aralashtirib ichish mumkin.

Agar ish joyida tomoqni chayqashning iloji bo‘lmasa, masalan, mentolli yod asosidagi ingalyatsion spreyi yordamga keladi.

Foto: “Noviy ochag”
Oqshomda
Tunda na’matak, qora smorodina, oblepixa, asal va limonli damlamalarni qabul qiling.

Bu muhim: shamollash vaqtida issiq vannalar qilish tavsiya etilmaydi, bu paytda tanaga faqat quruq issiqlik lozim. Namlik bakteriyalarning ko‘payishiga yordam beradi. Bizning vazifamiz esa ularning sonini imkon qadar kamaytirishdir. Lekin oyog‘ingizga xantalli vanna qabul qilishingiz mumkin. Issiq suvga 2 osh qoshiq quruq xantal solib aralashtirib, oyoqlarga vanna qiling. Vaqti-vaqti bilan issiq suv qo‘shib, 15-20 daqiqa ushlab turing. Muolajadan so‘ng oyoqlaringizni sochiq bilan yaxshilab artib, quruq paypoq kiying.

Yotishdan oldin bitta piyolaga sarimsoq yoki piyozning bir nechta boshini archib maydalab, yotoq yoniga qo‘ying.

Shamollashni davolash uchun dorilar
Askorbin kislotasi. 5 kun davomida kuniga 2-4 g (ertalab va tushdan keyin 1-2 g) askorbin kislotasidan foydalanish tiklanishga yordam beradi.

Burun bitganda foydalaniladigan spreylar va tomchilar. Dengiz suvi yoki yog‘larga asoslangan preparatlardan foydalaning. Burunni yuvish yallig‘lanishni kamaytiradi, burun oqishi, burundan nafas olishni yaxshilaydi. O‘simlik preparatlaridagi tomchilar o‘tkir rinitda yordam beradi. Bir haftadan bir oygacha qo‘llanishi mumkin.

Bugungi kunda samaradorligi isbotlangan shamollashga qarshi aniq bitta preparat yo‘q. Antitanalarni ishlab chiqarish va virusni tanadan yo‘q qilish uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Uning davomiyligi ham iste’mol qilinadigan qalampir, sarimsoq piyoz, limon va boshqa “mo‘jizaviy yeguliklar” miqdoriga bog‘liq emas. Shu sababli shamollashni 7 kun dori bilan, bir hafta dorilarsiz davolaydi, degan mashhur ibora hozir ham to‘g‘ri bo‘lib qolmoqda.

O‘tkir respiratorli infeksiyalarni samarali davolash uchun organizmga terapevtik va himoya rejimi deb ataladigan tez tiklanish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish kerak. U quyidagi oddiy qoidalardan iborat:
- yetarli uyqu;
- muvozanatli ovqatlanish;
- yetarli ichimlik ichish rejimi;
- xonani tez-tez shamollatish;
- agar lozim bo‘lsa, simptomatik dorilarni qo‘llash.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Shamollashni tezda davolash uchun harakatlar rejasi