Foto: Dzen
Tish va milklar og‘riganda hamda yonoqlar shishganda iloji boricha tezroq stomatologga murojaat qilish kerak. Ammo shunday vaziyatlar bo‘ladiki, noxush tish og‘rig‘i yarim tunda yoki uzoq yo‘lga chiqqanda bezovta qiladi. Bu holatda shifokorga yetib borguncha mustaqil tez tibbiy yordam orqali og‘riqni vaqtincha to‘xtatib turish mumkin.
Avvalo og‘riq sababini izlaymiz
Ko‘pincha yaqinda davolangan tishda og‘riq kuzatiladi. Milklarda yoki tish ostida yallig‘lanish jarayoni rivojlangani sababli og‘riq paydo bo‘ladi. Kasallik jiddiy tus olganda shish kuzatiladi. Avvaliga shish deyarli sezilmaydi, keyin u asta-sekin o‘sib boradi va juda og‘riqli bo‘ladi.
Yallig‘lanishning sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
- shifokorga tashrif buyurgandan keyin noto‘g‘ri davolanish yoki mexanik shikastlanish sababli shish paydo bo‘ladi yoki kasallik rivojlanib ketadi;
- yangi tish chiqayotgan paytda ham milk shikastlanadi, bu esa shish paydo bo‘lishiga olib keladi;
- chaqaloqlardan tashqari katta yoshli insonlarda ham sut va aql tishi o‘sishi jarayonida shish paydo bo‘ladi;
- ko‘p hollarda milkning shishishi kariyesdan, qattiq mahsulot iste’mol qilgandan yoki tishlarni noto‘g‘ri yuvishdan kelib chiqadi.
Tish og‘rig‘i va yonoqlar shishganda birinchi tez tibbiy yordam
Foto: Stoneforest
- Iste’mol sodasi va tuz eritmasi (bir stakan suv uchun 0,5 choy qoshiqdan) bilan chayish;
- Soda va suv (bir stakan suvga 2 osh qoshiq) ni antiseptik sifatida qo‘llash;
- Shishgan milkni propolisli suv bilan yuvish.
Turli shifobaxsh giyohlar (moychechak, shalfey, qarag‘ay po‘stlog‘i) damlamasi bilan chayish hamda shishni ohista uqalash, muz qo‘yish kabilar shishni bartaraf etishda va og‘riqni vaqtinchalik to‘xtatishda qo‘llaniladi.
Agar yallig‘lanish kariyesdan kelib chiqqan bo‘lsa, to‘g‘ralgan sarimsoq va piyozning teng qismlari aralashmasidan og‘rigan joyga kompress qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Britaniya Rossiyaga qarshi urushga tayyorligini e’lon qildi
"JCH-2026" saralashi. O‘zbekiston qiyinchilik bilan KXDRni mag‘lub etdi