Foto: Texas pain expert
Ba’zida biz oyoq og‘rig‘ini yurish paytida, tabiiy charchoq yoki uzoq muddatli jismoniy faollik bilan bog‘laymiz. Bu holat jiddiy kasallik mavjudligini ham anglatishi mumkin. Muammoning asl ildizini qanday aniqlash va davolash uchun eng avvalo shifokorga murojaat qilish lozim. Oyoq og‘rig‘ining alomatlariga qarab shifokor sizga turli tekshiruvlarni buyuradi.
Sizda jiddiy kasalliklar aniqlanmasa, tashxisga muvofiq qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ba’zi umumiy davolash strategiyalarini ko‘rib chiqamiz.
Oyoqlar og‘riganda nima qilish lozim?
Birinchidan, noqulay yoki yangi poyabzallardan voz keching. Noto‘g‘ri tanlangan oyoq kiyimlar ko‘pincha surunkali og‘riqlarni keltirib chiqaradi. Ikkinchidan, og‘riqlar mikroelementlar yetishmasligining natijasi bo‘lishi mumkin. Agar tibbiy ko‘rik sizni sog‘lom deb tasdiqlagan bo‘lsa, uy sharoitida davolashni boshlaysiz.
Kontrastli oyoq vannalari qon aylanishini yaxshilashga yordam beradi. Oyoqlaringizni navbat bilan avval issiq (kamida 40 daraja), keyin salqin (taxminan 18 daraja) suvga botiring.
Foto: Seminar beauty
Agar oyoqlaringiz sovuq o‘tganidan og‘risa, issiq hammom qiling. Bunda quruq xantal kukunidan foydalanish mumkin. Hammomdan so‘ng, oyoqlaringizni biror spirtli eritma bilan uqalang va ustidan issiq paypoq kiyib, dam oling. Ushbu muolajani uyqudan avval bajaring. Kechasi oyoqlaringizni bir oz burchak ostida (taxminan 15 daraja) qo‘yish tavsiya etiladi.
Dengiz tuzi ham charchagan oyoqlarni davolashda foydalidir. Bunday hammomda suv harorati 36 darajadan oshmasligi kerak. Muolaja davomiyligi 10-15 daqiqadan bo‘lib, kamida 10-15 marta bajariladi.
Foto: Goodhealth
Siren gullari damlamasi ham oyoq og‘rig‘ida shifobaxsh sanaladi. Shisha idish ichiga siren gullari va spirt aralashmasini solib, mahkam yoping va 2 haftaga tindirib qo‘ying. So‘ng ushbu vositani uyqudan avval oyoqlarga paxta bilan surting va issiq paypoq kiying. Muntazam va davomiy muolaja (kamida bir oy) o‘z natijasini ko‘rsatadi.
Foto: Sealovation
Oyoqning boldir qismi og‘riganda karam va asal retsepti yordam beradi: karam barglari ustidan qaynatilgan suv soling va asal surtib, boldirga qo‘ying. Ustini bint bilan o‘rab, kechasiga qoldiring.
Foto: Consumerlab
Yuqorida keltirilgan barcha muolajalar faqat muntazam foydalanilganda samara beradi. Agar ulardan keyin hech qanday yengillik bo‘lmasa, to‘liqroq tekshiruv va yashirin kasallikni aniqlash uchun shifokor bilan maslahatlashing. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi