21:30 / 14.03.2024
332

Allergik yo‘tal oddiy yo‘taldan qanday farqlanadi?

Allergik yo‘tal oddiy yo‘taldan qanday farqlanadi?
Fasllar almashinuvi inson organizmiga turlicha ta’sir qiladi, ayniqsa, mart oyining boshlarida allergik kasalliklar avj oladi. Sizda vujudga kelgan burun oqishi va yo‘tal kabi simptomlarning sababi shamollash va o‘tkir respiratorli infeksiyalar yoki allergiya tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Quyida allergik yo‘talning shamollashdan farqi hamda uni qanday bartaraf etish mumkinligi haqida so‘z yuritiladi.

Foto: Shutterstock
Avvalo yo‘tal turini ajratib olamiz
Allergik yo‘talni davolashdan avval u nima sabablarga ko‘ra vujudga kelganini aniqlash lozim. Allergiya ko‘pincha organizmning himoya mexanizmi ishlaganidan darak beradi va allergen modda bilan bevosita aloqa qilganda paydo bo‘ladi. Allergen moddalar o‘simlik, hayvonlar, turli iforlar, kimyoviy moddalar, oziq-ovqat mahsulotlari, kosmetika vositalari va chang kabilar bo‘lishi mumkin.

O‘tkir respirator virusli infeksiyalar esa yuqumli kasallik hisoblanib, qo‘shimcha isitma, bosh og‘rig‘i hamda holsizlikni keltirib chiqaradi.

Allergik yo‘tal qanday davolanadi?

Foto: IStock
- Dastlab yo‘talni keltirib chiqargan allergen moddani bartaraf etish;
- Har kuni xonalarda nam tozalash ishlarini bajarish, uydagi namlik darajasini oshirish;
- Ortiqcha gilamlar, par yostiqlar va chang to‘playdigan turli tekstil mahsulotlarini kamaytirish;
- Kitoblarni yopiq javonlarda saqlash hamda vaqti-vaqti bilan changyutgich bilan tozalash;
- Uydagi o‘simlik va uy hayvonlari allergiya bermaganiga amin bo‘lish;
- Vaqtinchalik dekorativ kosmetikadan foydalanishni to‘xtatish va o‘tkir hidli kimyoviy vositalarni cheklash lozim.

Yuqoridagi maslahatlar allergiyasi qo‘zg‘agan bemorning ahvolini yengillashtirishga xizmat qiladi.

Allergik yo‘talni dori vositalari bilan davolashda shifokor maslahatisiz turli sorbentlar, antigistamin preparatlarni ichish va bolalarga berish tavsiya etilmaydi. Uy sharoitida faqat NaCl eritmasi yoki tuzli suv bilan burun bo‘shlig‘ini namlash va ingalyatsiya qilish mumkin. Vaziyat og‘ir tus olganda albatta shifokor allergologga murojaat qilish talab etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Allergik yo‘tal oddiy yo‘taldan qanday farqlanadi?