14:14 / 23.03.2024
120

E’tiborsiz qoldirilgan bosh og‘rig‘i nimalarga olib keladi?

E’tiborsiz qoldirilgan bosh og‘rig‘i nimalarga olib keladi?
Bosh og‘rig‘i inson hayoti davomida duch keladigan og‘riqlar orasida eng ko‘p takrorlanadigan epizodik holatdir. Agar sizda tez-tez bosh og‘risa, shifokorga murojaat qilish lozim, chunki og‘riq turli yo‘nalishdagi kasallik simptomi bo‘lib, surunkali va ba’zan xavfli kasalliklarning alomati bo‘lishi mumkin.

Foto: IStock
Bosh og‘rig‘i sabablari:
  • doimiy stress, tushkunlik holati, ruhiy va jismoniy zo‘riqish;
  • uyquga to‘ymaslik, charchoq;
  • gormonal buzilishlar. Masalan, homiladorlik yoki menopauza paytida organizmda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lganda bosh og‘rig‘i kuzatiladi;
  • ko‘zlar zo‘riqishi. Bunga smartfon va kompyuterda uzoq vaqt o‘tkazish, 3D filmlar ko‘rish, noto‘g‘ri ko‘zoynak taqish kiradi;
  • uzoq vaqt davomida dori qabul qilish. Bunday holat davolash kursi tugagach ikki hafta mobaynida davom etishi mumkin;
  • bosh jarohati, lat yeyishi. Shikastlanish turiga qarab og‘riq 2 kundan 8 haftagacha davom etishi mumkin;
  • ortiqcha vazn;
  • migren. Bu bosh va orqa miyaning yallig‘lanishi bo‘lib, kasallik ko‘ngil aynishi va bosh aylanishi, isitma bilan birga kechadi;
  • glaukoma. Ko‘z nerv tolalarining shikastlanishi. Kasallik 40 yoshdan oshgan insonlarda ko‘p uchraydi;
  • bosh miya saratoni.

Agar og‘riq peshona va ko‘z atrofida bo‘lsa, bu gaymorit yoki frontit kasalliklaridan darak berishi mumkin.

Bosh og‘rig‘ida nima qilish va qaysi shifokorga murojaat qilish kerak?

Foto: Shutterstock
Aksariyat insonlar boshi og‘riganda og‘riq qoldiruvchi tabletkalar ichadi. Og‘riqni qoldirish uchun tabiiy usul va xalq tabobatidan foydalanish mumkin. Masalan, peshona qismiga yangi uzilgan karam bargi qo‘yish, moychechakli choy ichish, chakkani limon yoki lavandali efir moyi bilan uqalash yordam beradi.

Og‘riq qoldiruvchi dori vositalaridan haddan ortiq foydalanish sog‘liqqa jiddiy xavf solishi mumkin. Og‘riqlar tez-tez takrorlansa va kuchayib borsa, shifoxonaga borish, tibbiy tekshiruvdan o‘tish zarur. Shifokor terapevt yoki nevrolog og‘riq ildizini aniqlashga ko‘mak beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » E’tiborsiz qoldirilgan bosh og‘rig‘i nimalarga olib keladi?