Tish og‘rig‘i eng yomon og‘riq. Uning azobidan hamma xabardor bo‘lsa kerak. Biroq yarim tunda og‘rib qolgan tishning azobini yengillatish yoki yo‘qotish usullarini hamma ham bilmaydi. Quyida siz tis og‘rig‘idan tez va samarali himoyalanish usullarini bilib olasiz.
Tuz + suv
Bir stakan suvda 2 choy qoshiq tuzni eritib oling. Tayyor bo‘lgan eritma bilan og‘zi bo‘shlig‘ingizni chaying.
Tuzli eritma patogen bakteriyalar va qo‘ziqorinlarni o‘ldiradi, og‘iz bo‘shlig‘ini dezinfeksiya qiladi va shishishni yengillashtiradi.
Soda + suv
Soda allergiyaga olib kelmaydigan eng yaxshi antiseptiklardan biri hisoblanadi.
Eritmani tayyorlash uchun bir stakan iliq suvga 1 choy qoshiq soda aralashtiriladi. Qarabsizki, arzongina dori tayyor. U bilan og‘zingizni chaysangiz, tish og‘rig‘i tezda bosiladi.
E’tibor bering, soda suvda yaxshi erishi lozim.
O‘simlik damlamasi
Yuqoridagilardan tashqari tish og‘rig‘i uchun yalpiz, marmarak, moychechak(romashka) va melissa barglaridan ajoyib dorivor damlama tayyorlash mumkin.
Bunda ularning quritilgan barglari kerak bo‘ladi. 2 osh qoshiq quruq barglar (quruqchoy holatida, alohida-alohida) choy qilib damlanadi. Damlama taxminan 20 minut dim yeyishi kerak. Tayyor bo‘lgach u bilan og‘zi bo‘shligi chayiladi. Bu kuniga 4-5 marta bo‘lishi lozim va muntazam qilib borilsa, tamoman tish og‘rig‘idan qutilish mumkin.
Eman po‘stlog‘i
Ma’lum miqdordagi suvga eman daraxti po‘stlog‘ini ezib tayyorlangan kukundan 2-3 osh qoshiq solinadi va qaynatiladi. U kamida 5 minut qaynashi lozim. Keyin u sovitiladi. Va nihoyat dori tayyor. har 3 soatda ana shu eritma bilan og‘iz bo‘shlig‘i chayiladi.
Bu eritma yallig‘lanishga qarshi yaxshi samara beradi. Shuningdek, u og‘riq qoldiruvchi ta’siriga ega.
Suv + soda + tuz + yod
Buning uchun 1 stakan issiq suvga 1 choyqoshiq iste’mol sodasi, bir chimdim tuz solib, aralashtirasiz. Shuningdek, unga bir nechta tomchi yod eritmasidan ham tomizib, eritma tayyorlaysiz. Aralashmalar yaxshi erishi zarur.
Tish og‘rigan vaqtida ana shu eritma bilan og‘iz bo‘shlig‘i bir necha marotaba chayqalsa, og‘riq tezda yo‘qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Shavkat Mirziyoyev Senat oldida turgan muhim vazifalarni aytdi
Zelenskiy frontdagi Pokrovsk va Kupyansk shaharlariga tashrif buyurdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi