17:58 / 14.05.2024
126

Nima uchun ko‘ngil aynib, bosh aylanadi?

Nima uchun ko‘ngil aynib, bosh aylanadi?
Foto: iStock
Bosh og‘rishi ba’zan ko‘ngil aynishi hamda qusish bilan birga keladi. Ushbu simptomlar yashirin kasallikning alomati bo‘lishi mumkin, uni aniqlash uchun shifokor yordami kerak.

Ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i kabi alomatlar nimani anglatadi? Ulardan uy sharoitida qanday xalos bo‘lish mumkin?

Ko‘ngil aynishi yoki qusish bilan birga keladigan bosh og‘rig‘iga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:
- umurtqa pog‘onasi va bosh suyagining shikastlanishi;
- bo‘yin osteoxondrozi;
- bosh miyadagi ichki bosim;
- miyadagi o‘simtalar;
- burun bo‘shlig‘ida yuzaga kelgan infeksiyalari (frontit, gaymorit);
- miya to‘qimalarning yallig‘lanishi (meningit, ensefalit);
- allergiya, O‘RVI, ko‘rish bilan bog‘liq muammolar;
- gormonal buzilishlar;
- insult;
- yurakning ishemik kasalligi;
- yelka mushaklariga ortiqcha og‘irlik tushishi;
- migren.

Ushbu ro‘yxat to‘liq emas. Aniq tashxisni umumiy tekshirish natijalari asosida malakali shifokor qo‘yadi.

Bosh og‘rig‘i va ko‘ngil aynishini uy sharoitida qanday yengillashtirish mumkin?

Tuzli suv

Foto: iStock
Eritma nafaqat boshdagi og‘riqni yengillashtiradi, balki qon bosimini ham pasaytiradi. Dokani 8 ta qatlam qilib tayyorlang. 250 ml suvni 60-70 daraja haroratga keltiring. Unda 2 osh qoshiqni tuz soling. Eritmani doka bilan peshona, quloq va chakka sohalariga surting, so‘ng bog‘lab qo‘ying. Bunda peshona, quloq va boshning orqa qismi doka bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Ustidan paxtali sochiq bilan o‘rab qo‘ying.

Limon
Qattiq ko‘ngil ayniganda bir bo‘lak limonni yeb olish mumkin.

Qon bosimingizni o‘lchang
Agar u pasaygan yoki oshgan bo‘lsa, shifokor buyurgan, avval qabul qilib yurgan dorini ichib oling.

Massaj
Bo‘yinning yoqa qismini uqalash ham og‘riqda yordam beradi. Agar bosh og‘rig‘i bilan ko‘ngil aynishi yelka va bo‘yin mushaklarning zo‘riqishidan kelib chiqqan bo‘lsa, massaj albatta ta’sir qiladi.

Hech qanday holatda o‘zingizga mustaqil ravishda tashxis qo‘yish va davolashga urinmang. Og‘ir holatlarda albatta shifokor yoki tez yordamga murojaat qiling.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Nima uchun ko‘ngil aynib, bosh aylanadi?