15:54 / 27.05.2024
121

Tadqiqot: oshqozon-ichak mikroflorasi odamning qaror qabul qilishiga ta’sir qilishi mumkin

Tadqiqot: oshqozon-ichak mikroflorasi odamning qaror qabul qilishiga ta’sir qilishi mumkin
Foto: Getty Images
Insonning qaror qabul qilishiga siyosiy, ijtimoiy va psixologik omillardan tashqari, hazm sistemasi ham ta’sir qilishi mumkinligi aniqlandi. Bu bo‘yicha Bonn universiteti va Parij miya instituti jamoasi hamda professor Hilke Plassmann o‘tkazgan tadqiqotda so‘z boradi. Unda oshqozon-ichak mikroflorasidagi o‘zgarishlar insonning adolatga bo‘lgan ta’sirchanligi va atrofdagilarga qanday munosabatda bo‘lishiga ta’sir qilishi mumkinligi o‘rganilgan.

Mikroflora qaror qabul qilishda ta’sir qilish qilmasligini aniqlash uchun tadqiqotchilar xulq-atvor testi o‘tkazib ko‘rishdi. Bunda “Ultimatum” o‘yinidan foydalanishgan. Ya’ni bir o‘yinchiga pul beriladi va u pulni ikkinchi o‘yinchi bilan bo‘lishishi kerak. Agar u pulni o‘zi uchun yetarli deb hisoblamasa, pulni bermasligi mumkin. Bu holatda ikkala o‘yinchi ham pulsiz qoladi. Puldan voz kechishni alturistik jazo deb atash mumkin. Holat adolatsiz deb hisoblanganda boshqalarni jazolash usuli kabi. Ikkinchi ishtirokchi uchun tenglikni tiklash, ya’ni hech kim pul olmasligi mukofotni qo‘lga kiritgandan ko‘ra muhimroq bo‘lishi mumkin. “Ultimatum” o‘yini adolatga nisbatan ta’sirchanlikni o‘lchashda tajriba usuli bo‘lib xizmat qilgan.

Tadqiqot 101 ishtirokchi o‘rtasida o‘tkazilgan. 7 hafta davomida 51 ishtirokchiga probiotiklardan iborat turli xil foydali bakteriyalar va ichakdagi bakteriyalarni yaxshilaydigan probiotiklar berilgan. Qolgan 50 kishida esa plasebo usulidan foydalanilgan.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, foydali bakteriyalarni olgan guruh yetti hafta oxirida hatto pul taqsimoti biroz muvozanatlashgan bo‘lsa ham, tengsiz takliflarni rad etishga ko‘proq moyil bo‘lgan. Plasebo guruhi esa birinchi va ikkinchi sinov sessiyalaridagina xuddi shunday yo‘l tutgan.

Ichak mikroflorasi adolatli tanlov qilishga yordam beradi deyish uchun hali erta. Biroq bu yangi natijalar biz qaysi biologik yo‘llarni ko‘rib chiqishimiz kerakligini ko‘rsatib beradi. Qaror qabul qilishga ijobiy ta’sir ko‘rsatish uchun ichak mikroflorasini o‘zgartirish ajoyib. Biz bu yo‘lni juda ehtiyotkorlik bilan o‘rganishimiz kerak”, – degan Plassmann.

Ma’lumot uchun, ichki mikroflora, ya’ni insonning hazm qilishida ishtirok etadigan barcha bakteriyalar, virus va zamburug‘lar hazm sistemasidan tashqari tanadagi boshqa jarayonlarda ham muhim rol o‘ynaydi. Oxirgi tadqiqotlarda mikrofloraning aqliy holat, stress, asabiylik, depressiya belgilari va xulq-atvorga ta’siri borligi ma’lum qilingan. Ko‘p tadqiqotlar umidli bo‘lsa-da, ularning aksar qismi jonivorlarda o‘tkazilgan va insonlardagi natija bilan bir xil bo‘lmasligi mumkin. Shuningdek, tadqiqotlar miya va ichak o‘rtasidagi qanday neyron, immun yoki gormonal mexanizmlar ishlayotganini tushunishga imkon bermaydi. Tadqiqotchilar mikroflora tarkibi va ijtimoiy ko‘nikmalar o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuzatishlari mumkin, ammo biri ikkinchisini qanday nazorat qilishini bilishmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tadqiqot: oshqozon-ichak mikroflorasi odamning qaror qabul qilishiga ta’sir qilishi mumkin