18:49 / 10.06.2024
181

Yoshlarda ham yurak kasalliklari borligini anglatuvchi 6 ta alomat

Yoshlarda ham yurak kasalliklari borligini anglatuvchi 6 ta alomat
Tibbiyot mutaxassislarining aytishicha, yurak xuruji va qon tomir kasalligi yildan yilga yosharib bormoqda. Yoshlar o‘rtasida bu kasalliklarning oshishiga qanday omillar sabab bo‘lmoqda? Bu dardning ilk belgilari qanday yuzaga chiqadi? Maqolada ana shu savollarga javob topamiz.

Foto: Lisa.ru
Ba’zan yuragingiz birdan tez urishi yoki ko‘krak qafasingizda qandaydir bosimni his qilasizmi? Odatda bu his-hayajon tufayli tabiiy hol deb atalsa, mutaxassislar yurak kasalliklarini istisno qilish uchun umumiy tekshiruvni o‘tkazishni tavsiya beradi.

Bolalik va yoshlikda, ehtimol, tashvishlanish uchun hech qanday sabab bo‘lmasligi mumkin, ammo 20 dan 40 yoshgacha bo‘lgan shaxslarda yurak ishemik rivojlanish ko‘rsatkichi o‘sib bormoqda. Bu kasallikda quyqalar va yog‘lar to‘lib qolgan arteriyalar yurakka qon oqimini to‘sib qo‘yadi, bu esa yurak xurujiga olib keladi.

Shuningdek, yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq boshqa kasalliklar ham yoshlar orasida tarqalmoqda. Masalan, yurakning tartibsiz urishi (aritmiya) yoki yurak yetishmovchiligi. Bunday kasalliklar ko‘pincha so‘nggi bosqichida aniqlanadi va bunday vaqtda davolanish jarayoni murakkablashadi. Salomatlikka va organizm yuborayotgan signallarga e’tiborli bo‘lish esa bunday muammolarning oldini olishga yordam beradi. Quyida yurak kasalliklaridan darak beruvchi asosiy belgilarni sanab o‘tamiz.

Yurak va uning atrofida sababsiz og‘riqlar

Foto: Lisa.ru
Ko‘krak qafasidagi og‘riq yurak kasalliklarining eng keng tarqalgan va aniq belgisidir. Ba’zan og‘riq aynan qaysi sohada ekanligini aniqlash qiyin bo‘ladi. Yurak kasalligida yelka, qo‘l, bo‘yin, va hatto jag‘ qismi ham og‘rishi mumkin. Bunday og‘riqlar ko‘ngil aynishi, qusish yoki sovuq terga botish kabi belgilar bilan ham kechadi.

Doimiy charchoq yoki nafas olishning qiyinlashuvi
Yurak tanaga kislorod va ozuqa moddalarini yetkazib beruvchi motor vazifasini bajaradi. Shu sababli organdagi kasalliklar nafas olish bilan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Yurak kasalligi barcha bemorlarda turlicha namoyon bo‘ladi. Misol uchun, agar ayol kishida yurak xuruji bo‘lsa, unda doim ham ko‘krak qafasi og‘rimaydi, shunchaki nafas yetishay qoladi.

Shuningdek, chekuvchi, qandli diabet, gipertoniya yoki yuqori xolesterindan aziyat chekadigan shaxslar, oila a’zolari orasida yurak muammolari bor insonlarda boshqalarga qaraganda ko‘proq yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish ehtimoli bo‘ladi.

Yurak urishining keskin tezlashishi yoki sababsiz vahima qilish

Foto: Shutterstock
Yurak urishi jismoniy harakat emas, balki tinch holatda tezlashishni boshlasa va sababsiz vahima bossa, albatta, kardiologga murojaat qilish lozim. Ayniqsa, so‘nggi paytlarda bunday vaziyat tez-tez takrorlanayotgan bo‘lsa, bunday simptomlarni qarovsiz qoldirmaslik zarur.

Tananing pastki qismi bilan bog‘liq muammolar
Yurak muammolari tananing kutilmagan qismlarida namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, periferik arteriyadagi kasallik qon tomirlarini yurakdan tashqarida torayishi bilan belgilanadi. Yurakdan tananing qolgan qismiga qon olib boradigan arteriyalar o‘tgan qismlar — oyoq va bel sohasida uvushish, og‘riq, titroq paydo bo‘ladi. Bunday vaqtda odam harakatlansa, o‘zini yanada yomon his qiladi.

Bosh aylanishi yoki hushdan ketish
Hushdan ketish miyaga yetarli darajada qon va u bilan kislorod yetib bormaganini anglatadi va ko‘pincha odamning qon bosimi keskin tushib ketadi. Sababsiz hushdan ketish holati yana bir bor takrorlanishi shifokorga murojaat qilishni talab etadi. Shuningdek, bunday alomatlar organizm suvsizlanishi, qondagi qand miqdorining pastligi yoki quloq infeksiyalari kabi boshqa sabablar tufayli yuzaga kelishi mumkin.

Uyqusizlik

Foto: Lisa.ru
Uyqusizlik yurak yetishmovchiligi va boshqa yurak-qon tomir muammolarini ham anglatishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ayollar yurak xurujidan avval bir necha hafta davomida kechasi tez-tez uyg‘onib ketadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yoshlarda ham yurak kasalliklari borligini anglatuvchi 6 ta alomat