Yuzda turli dog‘lar — pigmentatsiyalar nafaqat quyoshdan himoyalanmaslik, balki ba’zi turdagi kosmetikadan foydalanish sababli paydo bo‘ladi. Bunday kosmetik mahsulotlar tarkibiy qismi terining quyoshga sezgirligini oshiradi va noto‘g‘ri ishlatilganda yuzda dog‘lar paydo qilish xavfini oshiradi. Maqolada ana shunday kosmetik mahsulotlar va ulardan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini ko‘rib chiqamiz.
Foto: Getty Images
Yuzdagi pigment dog‘lar qanday paydo bo‘ladi?
Teri epidermisining turli qatlamlarida joylashgan melanin — pigment to‘planishi tufayli qorayadi. Uning ortiqcha bo‘lishi terining turli qismlarida har xil shakl va o‘lchamdagi sepkillar, xollar va dog‘lar bilan namoyon bo‘ladi. Melanin ko‘payishiga terining ultrabinafsha nurlaridan haddan tashqari ta’sirlanishi sabab bo‘ladi. Ular pigmentatsiyani qo‘zg‘atadi va terini himoya qilish uchun melanin ishlab chiqarishni boshlaydi. Ortiqcha melaninning yuz terisida notekis taqsimlanishi va dog‘lar shaklida to‘planish jarayoni giperpigmentatsiya deb ataladi.
Pigment dog‘larga nimalar sabab bo‘ladi?
- gormonal o‘zgarishlar;
- keksayish;
- terining shikastlanishi yoki yallig‘lanishi;
- irsiyat;
- ichki organlar kasalliklari;
- homiladorlik;
- kosmetikadan noto‘g‘ri foydalanish.
Quyoshga sezgirlikni oshiradigan kosmetika turlari
Foto: Marie Claire
Kosmetika tarkibida fotosensibilizatorlar — ultrabinafsha nurlarga sezgirligini oshiradigan moddalar yuzdagi dog‘larning asosiy sababchisidir. Ushbu moddaning o‘zi bevosita dog‘larini keltirib chiqarmaydi, balki shunday tarkibli kosmetikadan foydalanganda quyoshdan himoya vositasi surtmaslik husnni buzadi. Fotosensibilizatorlar asosan terini parvarish qilish kosmetikasida mavjud.
Teridagi o‘lik hujayralarni tozalovchi vositalar
Ular teri qatlamining yangilanish kabi tabiiy jarayonini tezlashtiradi va teri yuzasidan o‘lik hujayralarni olib tashlaydi. Natijada yuz terisi yumshoq, silliq, parvarish kremlari singishi uchun qulay holatga keladi. Bunday kosmetikaga skrab, gommaj, dush uchun gel, losonlar va piling kiradi.
Oqartiruvchi vositalar
Oqartiruvchi kosmetik vositalar melaninni blokirovka qiluvchi moddalardan tashkil topadi, shuning uchun vizual tarzda yuz terisidagi dog‘lar kamaygandek ko‘rinadi. Ammo ularning tarkibidagi kislotalar yuz terisini quyosh nuriga ta’sirchan qilib qo‘yadi. SPF kremdan foydalanmaslik esa yuzga yanada ko‘proq dog‘lar tushishiga sabab bo‘ladi.
Parvarish kosmetikasidan foydalanish qoidalari
Foto: Getty Images
- Qoidaga ko‘ra, tarkibida vitamin C, turli kislotalar, retinoidlar, niatsinamid bo‘lgan kosmetik vositalar qish va kuzda qo‘llanadi. Agar ulardan yoz faslida foydalansangiz, teri ko‘proq himoya va e’tiborga muhtoj bo‘ladi.
- Piling va kislotalarni ishlatishda qadoqda tavsiya etilgan foydalanish usuliga rioya qilishingiz kerak. Ulardan muntazam foydalanish teri shikastlashiga olib keladi.
- Teridagi o‘lik hujayralarni tozalovchi mahsulotlarni qo‘llagandan so‘ng namlovchi yoki oziqlantiruvchi kremlardan foydalanish lozim.
- Quyoshdan himoyalovchi vositani qo‘llashni unutmang va uni har ikki-uch soatda yangilang.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi