13:38 / 19.07.2024
379

Jigar kasalliklarining noodatiy belgilari

Jigar kasalliklarining noodatiy belgilari
Gastroenterolog va terapevt Liliya Xabibulina jigar kasalliklarining ko‘pchilik bilmagan va keng tarqalmagan ko‘rinishlari haqida ma’lumot berdi.

Foto: Shutterstock
Shifokor so‘zlariga ko‘ra, jigar 500 ga yaqin hayot uchun zarur funksiyalarni bajaradi. Jumladan, qonni filtrlaydi, safro ishlab chiqarish va metabolizmda ishtirok etadi, qon ivishini tartibga soladi hamda oqsil va vitaminlar sintezida ishtirok etadi. Jigar bajaradigan vazifalarning xilma-xilligi tufayli uning faoliyati buzilganida organizm o‘zini qanday namoyon qilishi turlicha kechadi.

Jigar kasalliklarining umumiy belgilariga teri va ko‘z pardasining sarg‘ayishi, qichishish, teri toshmalari va ko‘karishlar kiradi.

Shifokorning aytishicha, jigar kasallanganda qorinning yuqori qismida noqulaylik yoki og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish kuzatiladi. Shuningdek, yelka yoki uning orqa tomonida og‘riqlar ham paydo bo‘lishi mumkin.

Foto: “Lisa.ru”
Jigar yetishmovchiligining quyidagi belgilari ham mavjud: husnbuzarlar toshishi, bo‘g‘imlarda og‘riqlar paydo bo‘lishi, ichak, o‘pka, qalqonsimon bez va buyrak kasalliklari rivojlanishi hamda hayz davrining buzilishi kabilar.

Gastroenterolog Xabibulinaning qo‘shimcha qilishicha, jigar xastaligi bilan og‘rigan bemorlarda umumiy bezovtalik, ishtahaning yo‘qolishi, isitma, vazn yo‘qotish va holsizlik kuzatilishi mumkin. Jigar jiddiy kasallanganda oyoqlar shishadi, qorin bo‘shlig‘i kattalashadi, varikoz tomirlari kengayadi va nafas olish qiyinlashadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Jigar kasalliklarining noodatiy belgilari