Shakar va shirin mahsulotlar chekish va spirtli ichimliklar kabi zararlidir. Haddan ortiq miqdorda shakarni iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet va semirishga olib keladi. Shakar tez qaritadi, yuzga barvaqt ajin tushiradi, sochlarni oqartirib yuboradi. Organizmga tushgan parazitlar, kandidalar va boshqa bakteriyalar aynan shakar bilan oziqlanadi va turli kasalliklar rivojlanishiga olib keladi.
Foto: Getty Images
Biroq shakarga qaramlikning sababi doim ham ochko‘zlik bo‘lmaydi. Quyidagi shirinliklarni ko‘nglingiz tusasa, demak sizda ma’lum mineral va vitaminlar yetishmasligi mavjud.
Shokolad
Agar siz shokoladsiz kuningizni tasavvur eta olmasangiz, demak, kundalik faoliyat uchun energiya ishlab chiqarishda ishtirok etadigan, stress va charchoq bilan kurashishga yordam beradigan element — magniy yetishmayotgan bo‘lishi mumkin. Ushbu moddani dengiz mahsulotlari, guruch, banan, yashil olma, avokado, yong‘oq va bulg‘or qalampiri kabi mahsulotlar orqali defitsit o‘rnini to‘ldirish mumkin.
Turli pishiriq va shirinliklar
Foto: iStock
Kremli pishiriq yoki qarsildoq kruassan iste’mol qilish serotonin — baxt gormoni yetishmasligidan bo‘lishi mumkin. Shirin pishiriqlar serotonin ishlab chiqarishda ishtirok etadigan triptofan moddasining o‘rnini qoplaydi. Bundan tashqari, surunkali stress tufayli ba’zilar dardlarini shirinliklar bilan “yeyishga” harakat qiladi. Shirinliklar bizga yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi va tashvishlarni kamaytiradi. Taom qanchalik shirin bo‘lsa, serotonin darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Bunday tartibda ovqatlanish ortiqcha vazn muammolarini keltirib chiqarmasligi uchun ratsionga tovuq yoki kurka filesi, sut, tuxum, losos, skumbriya va seld balig‘ini qo‘shishni tavsiya etamiz.
Doimiy ravishda har qanday turdagi shirinlikni yeyish
Shirinliklarga bo‘lgan kuchli ehtiyoj organizmda xrom moddasi kamayib ketganidan bo‘lishi mumkin. U tanadagi insulin muvozanatini nazorat qiladi va qondagi shakar miqdori mo‘tadil bo‘lishini ta’minlaydi. Agar sizda shunday holat kuzatilsa, sabzi, jigar, tovuq go‘shti, brokkoli, makkajo‘xori, pomidor va lavlagi kabi sabzavotlarni iste’mol qilishingiz kerak.
Shirinliklarga qaramlikdan qutulish
Foto: iStock
Birinchidan, shirinliklarga bo‘lgan kuchli istakning sababini aniqlash lozim. Agar bu mikroelementlar va vitaminlar yetishmasligi bo‘lsa, ularning o‘rnini to‘ldirish, oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, ichak florasini tiklash va yallig‘lanishni bartaraf etish kerak. Agar buning sababi energiya yetishmasligi bo‘lsa, psixo-emotsional fon bilan ishlash lozim chunki nerv tizimi ham ma’lum vitaminlar va mikroelementlar bilan oziqlanadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, shakardan voz kechish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Kundalik diyetadan sekin asta shirinlik miqdorini kamaytirishni boshlagandan 5-6 kun o‘tgach, shakarga bo‘lgan ishtiyoq ma’lum miqdorga kamayadi. Shakar o‘rnini bosuvchi shirin ta’m beruvchilar esa aks natija ko‘rsatishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi