AQSHning Garvard universiteti olimlari kolbasa mahsulotlarini iste’mol qilish demensiya — aqli zaiflik kasalligi xavfini ortishiga sabab bo‘lishini isbotladi. Universiteti mutaxassislari 43 yil davomida 130 ming nafar hamshira va tibbiyot xodimlarining ovqatlanish tartibini o‘rganishdi. Shu vaqt ichida tadqiqotda qatnashgan 11 mingta kishida demensiya rivojlandi, bu barcha ishtirokchilarning 8 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.
Foto: iStock
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, haftada ikki marta kolbasa, sosiska, salyami kabi qayta ishlangan qizil go‘sht iste’mol qilganlarda demensiya kasalligining rivojlanish xavfi 14 foizga yuqori bo‘ladi. Chunki bu kabi qayta ishlangan mahsulotlarning tarkibida katta miqdorda shakar, tuz va yog‘lar mavjud. Gazlangan shirin suv va fastfud taomlari ham aqliy zaiflikni keltirib chiqaradigan mahsulotlar safiga kiritildi.
New York Times jurnalisti Dana Smitning ma’lumot berishicha, so‘nggi yillarda kolbasa mahsulotlari va demensiya bilan bog‘liqlikni isbotlovchi kamida beshta tadqiqot natijalari nashr etilgan:
“Kolbasa mahsulotlarni barcha insonlarda demensiya rivojlanishiga sabab bo‘lmaydi, deydi tadqiqot mualliflari. Chunki bu kasallik faqat ayrim shaxslarda uchraydi. Tadqiqotning asosiy muammosi shundaki, olimlar nima uchun faqat ishtirokchilarning bir qismida kognitiv qobiliyatlari buzilganini hamda kolbasa mahsulotlari miyaga qanday tarzda zarar yetkazishini tushuntirib bera olmaydi.
Shunga qaramay, kolbasaning bosh miyaga zararlari haqida bir nechta nazariyalar mavjud. Masalan, qayta ishlangan oziq-ovqatlar semirish, qand kasalligi va yuqori qon bosimiga olib keladi, bularning barchasi qon tomirlarining umumiy ahvolini yomonlashtiradi va natijada kognitiv buzilishlar vujudga keladi. Keyingi nazariyaga ko‘ra, haddan ortiq zararli ovqatlar iste’mol qiladigan odamlar meva va sabzavotlarni cheklashga odatlangan bo‘ladi.
Bunday shaxslarning bosh miyasi yetarli miqdorda vitaminlar qabul qilmagani tufayli yallig‘lanish vujudga keladi va oksidlovchi stress jarayoni kamayadi. Bu esa miyaning erta qarishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, shirin, yog‘li va qovurilgan taomlar bevosita miya hujayralariga zarar yetkazadi. Ular bosh miyada to‘planib, yallig‘lanishni keltirib chiqaradigan birikmalar hosil qiladi”, deyiladi maqolada.
Olimlar demensiyaning oldini olish uchun bir porsiya kolbasani yong‘oq, tofu yoki sabzavotlarga almashtirishni tavsiya qiladilar, zero to‘g‘ri ovqatlanish demensiya rivojlanish xavfini 23 foizga kamaytiradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
Prezident yangi saylangan senatorlarning faol bo‘lishiga ishonch bildirdi