Biz tomonlarda Buxoro viloyatining ayrim tumanlaridan kelgan kishilar asalga o‘xshash moddani (menimcha, qiyomni) “asal” deb sotishadi. Ular bu “asal”ni qo‘shni Navoiy va Samarqand viloyatlariga borib, qishloqma-qishloq yurib juda arzon narxda sotishar ekan. Uni 3 litrlik bonkada, taxminan 5 kg ini 12000-15000 so‘mga sotib olishingiz mumkin.
Ta’mi asalga o‘xshaydi, o‘zimcha, ular shakarni qiyomga aylantirib, unga asal ta’mi va hidini beruvchi moddalarni qo‘shsa kerak, deb o‘ylardim. Bozorda 1 kg. toza asalning bahosi 15000 so‘mdan kammas, shakar esa 3500 so‘m. Lekin, ularning bu “asal”ni shakar narxidan ham arzonga sotishayotganini ko‘rib taajjublanasiz.
Bir kitobda o‘qigandim: qizilmiya ildizi qaynatilsa, hosil bo‘lgan qiyomi shakardan 80 baravar shirin bo‘lar ekan. Tajriba uchun sinab ko‘rganimda, haqiqatdan ham, shirin, lekin, g‘alatiroq ta’mli modda paydo bo‘ldi. O‘sha “tadbirkor asalfurushlar” ham qizilmiya ildizini qaynatib, uning achchiq ta’mini bildirmaydigan moddalar qo‘shib tayyorlasharmikin, deb o‘ylab qoldim. Aslida bu qanday mahsulot, qiyommi, asalmi, yo qizilmiya? Husanova Nigora Samarqand viloyati
Mutaxassis fikri: Abduxalil Chyakalov “O‘zbek-Asal” uyushmasi raisi -Avvalo, har bir narsaning arzoni o‘z nomi bilan bahosini aytib turadi. Haqiqiy asalfurushlar asalning tabiiy yoki sun’iiyligini aytib sotishi kerak. Qizilmiya ildizidan tayyorlanadigan “asal”ga kelsak, uning o‘zi iste’mol uchun emas, asosan, qandolatchilikda ishlatiladi. Bundan tashqari asalni faqat shugina emas, boshqa yana bir qancha yo‘llar bilan sun’iiylashtirish mumkin. Har xil xid beruvchi moddalar bilan ham asal tayyorlanadi. Eng yaxshisi, asalarichilik laboratoriyalarida tayyorlanadigan asalni iste’mol qilishni tavsiya etamiz.
ASAL – AVVALO ShIFODIR
Asal xalq tabobati tavsiya etadigan shifobaxsh ne’matlarning podshohidir. O‘tmishdagi tabiblar asalni bejizga «uzoq umr ko‘rish malhami», «hayot sharbati», deb aytishmagan. Darhaqiqat, uning tarkibida inson organizmiga o‘ta zarur va foydali bo‘lgan yuzdan ortiq biologik modda bor. Pifagorning aytishicha, uning uzoq umr ko‘rishiga muttasil asal iste’mol qilishi asosiy sabablardan bo‘lgan ekan. Ibn Sino ta’biricha, navqironlikni saqlab qolish uchun asal iste’mol qilib turish kerak. Ayniqsa yoshi ulg‘ayib qolganlarga u bebaho shifo va quvvat manbaidir. U shamollash, holsizlik, asab to‘qimalari kasalliklarida yaxshi davo bo‘ladi. Asal bolalar va qariyalarga, tanadagi modda almashinuvi buzilgan kishilarga birday foydalidir.
ASALARINING ZAHMATI
Asalning tozasi qanday bo‘lishi hech kimga sir emas. Faqatgina uni yaratishdagi mashaqqatni yana bir bor yodingizga solamiz. O‘zingiz tasavvur qilib ko‘ring: ongsiz, aqlsiz bir hasharotning tinimsiz uchib-ishlab, asal yig‘ishining o‘zi mo‘’jiza emasmi? Asalari bir kilo asal to‘plash uchun uyasidan 120-150 ming marta uchib chiqishi, to‘rt yuz ming chaqirim masofani uchib o‘tishi kerak ekan. Bu Er kurrasini o‘n marta aylanib o‘tishga teng keladi. Toza asalning qiymati qanchaligini shundan bilavering. Eng qizig‘i, asalari o‘zi yiqqan asalning yuzdan bir qisminigina iste’mol qiladi, qolgani insonlarga tuhfa etiladi. Asalarining hayot tarzi, ularning uy qurishi, meva va gullarni eb, asal qilishlari va o‘sha asal odamlar uchun shifo bo‘lishi kabi hodisalarda katta mo‘’jizalar bor. Asalari parvarishi bilan shug‘ullanuvchilarning kasallikka kam chalinishlarining o‘ziyoq asalari chiqargan hamma narsa shifobaxsh ekanini isbotlab turibdi.
BILASIZMI?
Asal olingan joyiga qarab ularning turi ma’lum kasalliklarga shifo bo‘lar ekan. Masalan, yuqori nafas yo‘li shamollaganlarga tog‘ asali foyda qiladi. Hazm yo‘llari xastaliklarida esa cho‘l va dalalardan olingan asal shifo bo‘ladi. Yurak xastaliklarida o‘rmon asali ko‘proq naf keltirsa, buyrak xurujida kashtan daraxti gulining asali qo‘llaniladi.
ASALNING OZI ShIRIN
Har qanday shifobaxsh ne’matni me’yoridan ko‘p iste’mol qilish zarar keltirgani kabi asaldan foydalanishda mo‘’tadillikka e’tibor qaratish lozim. «Asalning ham ozi shirin» degan maqol bejizga to‘qilmagan. Katta yoshdagilar bir kunda 100-150 gramddan, yosh bolalar esa 30-40 grammdan ortiq asal emaganlari ma’qul. Ammo uni o‘zboshimchalik bilan har kim o‘zicha qo‘llashi, bolalarni davolashda ishlatishi xatarli oqibatlarga olib borishi mumkin. QIYoM NIMA? Xalq tabobatida asalari qiyomi yoki elimi (propolis) ham keng foydalaniladi. Eng ajablanarlisi, juda ko‘p kimyoviy dori-darmonlar boshqa a’zolarda qandaydir asorat qoldirgani holda asalari elimi hech qanday zararli ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki antibiotiklardan farqli o‘laroq, asalari elimi tabiiy modda hisoblanadi.
BILASIZMI?
Asalarini chaqtirish yoki uning tibbiyot yo‘li bilan olingan zaharini qo‘llash orqali ham qadim-qadimdan turli kasalliklar muolaja qilib kelingan. Masalan, asalari zahariga asal qo‘shib soch o‘stirishda ishlatilgan. Rus podshosi Ivan Grozniy va Shvesiya qiroli Karl 12 bu xushbo‘y suyuqlikdan podagra (bo‘g‘in va to‘qimalar kasalligi)ni davolashda foydalanishgan.
Manba: Diydoraziz.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi