Foto: Getty Images
Erta qarish sindromi — progeriyaga chalingan va eng uzoq umr ko‘rgan italiyalik Semmi Basso 28 yoshida vafot etdi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Ma’lumotni Italiyaning progeriyaga qarshi kurash assotsiatsiyasi e’lon qildi, uning asoschilari Bassoning o‘zi va uning ota-onasidir. Bu kasallikka chalingan odamlarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi taxminan 13,5 yilni tashkil etadi. Semmi Basso vafotidan bir kun oldin Venetsiyada Paolo Ritssi nomidagi jurnalistika mukofoti bilan taqdirlangan.
Basso 1995 yilda Italiyaning Skio shahrida dunyoga kelgan. Ikki yoshida unga Xatchinson-Gilford sindromi — progeriyaning bolalar shakli tashxisi qo‘yilgan. Kasallik haqidagi ma’lumotlarning yetishmasligi sababli, Bassoning ota-onasi unga qarshi kurashish uchun l'Associazione Italiana Progeria Sammy Basso nomli assotsiatsiya tashkil etishga majbur bo‘lgan. Bu uyushma faoliyatida bemorning o‘zi ham faol ishtirok etgan.
Semmi Basso National Geographic tomonidan suratga olingan hujjatli film efirga chiqqanidan so‘ng mashhur bo‘ldi. Ushbu filmda u ota-onasi va eng yaqin do‘sti bilan birga AQSHning 66-sonli shossesi bo‘ylab Chikagodan Los-Anjelesga qilgan sayohati tasvirlangan. Bundan tashqari, u tez-tez televideniyeda chiqishlar qilgan va o‘z kasalligi haqida intervyular bergan.
2018 yilda Basso Paduya universitetini tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. U progeriyani gen muhandisligi yordamida davolash imkoniyatlariga bag‘ishlangan dissertatsiyani himoya qilgan.
2019 yilda Bassoga aorta klapanini almashtirish operatsiyasi o‘tkazilgan — bu progeriya kasalligi bilan og‘rigan bemorda amalga oshirilgan ilk shunday jarrohlik. Shundan so‘ng u Italiyaning oliy mukofoti — “Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan. Ikki yil o‘tgach, Basso progeriyani o‘rganishga bag‘ishlangan yana bir dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Xatchinson-Gilford progeriyasi kam uchraydigan genetik kasallik bo‘lib, har 20 million kishining birida uchraydi. Hozirda dunyoda ushbu sindrom aniqlangan 130 ta holat qayd etilgan, ulardan to‘rttasi Italiyada.
Progeriyada teri va ichki a’zolar o‘zgaradi, shuning uchun bemorlar yoshiga nisbatan kattaroq ko‘rinadi. Kasallik oqibatida hayot sifati ham pasayadi. Davolashsiz kutilayotgan umr davomiyligi taxminan 13 yilni tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”