Ko‘krak bezi saratoni sabablari, belgilari hamda uni davolash haqida Milliy tibbiyot markazi Oliy toifali Onkoginekologi Karima Chuliyeva ma’lumotlari bilan mazkur mazkur maqola orqali batafsil tanishish imkoniga egasiz.
Ko‘krak bezi saratoni ayollarda eng ko‘p uchraydigan va eng xavfli saraton turlaridan biridir. Bu kasallikda ko‘krak hujayralari nazoratsiz ravishda bo‘linib, o‘sma hosil qiladi va organizmning boshqa qismlariga tarqalishi mumkin.
Ko‘krak bezi saratoni sababi va xavf omillari
Asosiy xavf omillari quyidagilar:
1. Yoshi: 50 yoshdan keyin xavf oshadi.
2. Irsiyat: Agar yaqin qarindoshlarda ko‘krak bezi saratoni aniqlangan bo‘lsa, xavf yuqoriroq.
3. Gormonal omillar: Yestrogen va progesteron darajalarining yuqori bo‘lishi, homiladorlik va emizish vaqtlarining qisqaligi.
4. Turmush tarzi: Chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, noto‘g‘ri ovqatlanish va kam harakatlilik ham xavfni oshiradi.
Belgilari
Ko‘krak bezi saratonining ba’zi keng tarqalgan belgilariga quyidagilar kiradi:
- Ko‘krakda yoki qo‘ltiq ostida bo‘rtma (shish);
- Ko‘krak shakli yoki o‘lchamining o‘zgarishi;
- Terining tirishishi yoki bo‘rtishi;
- Ko‘krak uchidan qon yoki suyuqlik ajralishi.
Tashxis
Yerta bosqichda aniqlash uchun ko‘krakni muntazam tekshirish muhim:
1. Mammografiya: Rengen yordamida ko‘krakda o‘zgarishlar aniqlanadi.
2. Ultratovush tekshiruvi: Massani tasdiqlash yoki uning tabiati haqida ko‘proq ma’lumot olish.
3. Biopsiya: Massadan namunalar olib, laboratoriya sharoitida tekshiriladi.
Davolash
Davolash usullari kasallik bosqichiga qarab belgilanadi:
Jarrohlik: O‘smali qismi yoki butun ko‘krak olib tashlanishi mumkin.
Kimyoviy terapiya: Saraton hujayralarini yo‘q qilish uchun kimyoviy moddalar qo‘llanadi.
Radioterapiya: O‘smaga nurlanish bilan ta’sir qilish.
Gormonal terapiya: Gormon darajasini tartibga solish bilan o‘smalarning rivojlanishini to‘xtatish.
Ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash va davolash imkoniyati uning natijasini sezilarli darajada yaxshilaydi. Shu sababli muntazam profilaktik tekshiruvlar va sog‘lom turmush tarzi yuritish muhimdir.
Milliy tibbiyot markazi Matbuot xizmati
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi