Foto: Alamy
UESCA sertifikati (United States Sports Coaching Association)ga ega yugurish boʻyicha trener Jeyms Rojers ozish uchun kuniga 10 ming qadam yurish etarli boʻladimi, degan savolga javob berdi.
“Doimiy harakatda boʻlish intensiv, ammo har kun takrorlanmaydigan mashqlardan muhimroqdir. Uzoq masofaga yurish va yugurishning foydasi faqatgina izchil davom ettirilgandagina sezila boshlaydi.
Ba'zilar ortiqcha vazndan xalos boʻlish uchun birdan kuchli va ma'lum intervalga ega mashgʻulotlarni bajarsa, tezda bundan zerikishi va natija koʻrmagani bois sportni tashlab qoʻyishi mumkin. Uzoq yurish esa ogʻir mashqlardan osonroq va uning davomiyligini ta'minlash osonroq. Bu omil ozish va salomatlik saqlash uchun eng oson va qulay usuldir”, dedi trener.
Jama International Medicine tadqiqotlariga koʻra, kuniga 10 ming va undan koʻp qadam yurish saraton va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi.
Amerikaning Nature jurnalida 41 yoshdan 67 yoshgacha boʻlgan 6042 kishi ishtirok etgan tadqiqotning soʻnggi natijalari e'lon qilindi. Tajriba oʻrtacha 4 yil davom etdi (2,2 dan 5,6 yilgacha). Unda barcha ishtirokchilarning jismoniy faolligi fitnes-trekerlar yordamida nazorat qilindi.
Natijalar shuni koʻrsatdiki, qandli diabet, gipertoniya, depressiya, uyqudagi apnoe va gastroezofagial reflyuks kasalliklari va bosilgan qadamlar soni oʻrtasida bogʻliqlik mavjud.
“Fikrimcha, kuniga 10 ming qadam yurish barcha uchun birdek mos kelmasligi mumkin. Jismonan faollikni boshqa ogʻirroq mashqlar bilan ham muvozanatda saqlash va turli xil mashgʻulotlarni sinab koʻrish orqali oʻzingizga mos rejimni izlab topish mumkin. Sogʻlom ovqatlanish tarziga rioya qilishni qoʻshish orqali ozishda sezilarli natijalarga erishiladi”, deya yakunladi Jeyms Rojers. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar