Ichki kosmetika va yurak do‘sti bo‘lgan mevaning 5 foydasi

Salomatlik1 daqiqa o'qish261
Ichki kosmetika va yurak do‘sti bo‘lgan mevaning 5 foydasi
Yoz — mevaga boy fasl, ammo ba’zilarining foydasi yurakdan boshlab, teri va ichaklargacha yetib boradi. Ana shunday ne’matlardan biri — yangi shaftoli. Nafaqat mazali, balki salomatlik uchun foydali xususiyatlari bilan ham ajralib turadi.

Quyida yangi shaftolining eng asosiy 5 foydasi bilan tanishing:

1. Yurak faoliyatini mustahkamlaydi
Shaftoli tarkibidagi kaliy yurak mushaklarining ritmini tartibga soladi, qon bosimini me’yorlashtiradi. Qon aylanishi yaxshilanadi, bu esa yurak xurujlari xavfini kamaytiradi.

2. Terini yoshartiradi va namlaydi
Beta-karotin va C vitamini bilan boy shaftoli terini quyosh nurlaridan himoya qiladi, elastikligini oshiradi va erta qarish belgilari bilan kurashadi. Yangi shaftoli — ichki kosmetika!

3. Ovqat hazm bo‘lishini yengillashtiradi
Shaftolidagi tabiiy tolalar ichak faoliyatini faollashtiradi, qabziyatdan saqlaydi. Ayniqsa, og‘ir ovqatlardan so‘ng yengil hazm bo‘lishi uchun foydali.

4. Immunitetni kuchaytiradi
Vitamin C va antioksidantlar tanani bakteriya va viruslardan himoya qiladi. Sovuqda ham, issiqda ham immunitetni "do‘st" bilan qo‘llab-quvvatlash kerak — shaftoli aynan shunday do‘st.

5. Vaznni nazoratda ushlashga yordam beradi
Kam kaloriyali, ammo to‘yimli shaftoli organizmga kerakli energiyani beradi, lekin semirishga olib kelmaydi. Ortiqcha og‘irlikdan shikoyati borlar uchun ideal tanlov.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?