
Homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollar uchun juda muhim masalalardan biri — TORCH infeksiyasiga oid tekshiruvlardan o‘tish. Bu borada Respublika perinatal markazi direktori Nilufar O‘rinboyeva atroflicha tushuntirish berdi.
Hozir ko‘p ayollar homiladorlik aniqlanganidan so‘ng, ortiqcha kechiktirib, TORCH infeksiyalariga tahlil topshiradi. Lekin bu — jiddiy xato, — deydi mutaxassis. — Aslida esa, homiladorlikdan 2-3 oy avval tekshiruvdan o‘tish tavsiya etiladi. Agar natijalarda virus mavjudligi aniqlansa, ushbu davrda kerakli dori vositalarini qabul qilish mumkin bo‘ladi.
Bu orqali organizmda viruslarga qarshi immunitet shakllanib, infeksiyalar o‘z vaqtida bartaraf etiladi. Shuningdek, bu usul tufayli homiladorlikkacha davolash va profilaktika choralarini amalga oshirish imkoni paydo bo‘ladi.
Homiladorlik paytida ham shifokor tavsiyasiga ko‘ra TORCH infeksiyalarini tekshirtirib turish juda muhim. Bu infeksiyalar ayrim holatlarda belgisiz kechishi, hatto toshma yoki isitma kabi belgilarsiz o‘tishi mumkin.
Shu sababli, eng ishonchli tashxis — qonda immunoglobulinlar darajasini aniqlash orqali amalga oshiriladi. Tahlil och qoringa topshiriladi va undan avvalgi uch hafta mobaynida virusga qarshi yoki antibiotik dori vositalari qabul qilinmagan bo‘lishi shart.
Tahlil natijalari ma’lum bo‘lganidan so‘ng, mutaxassis shifokor bilan albatta maslahatlashish zarur. Bu nafaqat ona salomatligi, balki tug‘iladigan bolaning sog‘lom hayoti uchun ham muhim hisoblanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar