date

Gazli yoki gazsiz mineral suv – qay biri foydali?

Gazli yoki gazsiz mineral suv – qay biri foydali?
Mineral suv inson salomatligi uchun muhim manbalardan biri hisoblanadi. Uning tarkibida organizm uchun kerakli bo‘lgan mineral tuzlar, mikroelementlar va biologik faol moddalar mavjud bo‘lib, bunday suv me’da-ichak faoliyati, suv balansi va hatto immun tizimi uchun ham katta ahamiyatga ega. Ammo ko‘pchilikni qiynayotgan savol — qaysi turdagi mineral suvni tanlash to‘g‘ri: gazlanganinimi yoki gazlanmaganinimi?

Bu haqda vrach-terapevt Galina Aksinina o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi. Mutaxassis ta’kidlashicha, ichimlikning gazli yoki gazsizligi uning foydali jihatlarini aslo o‘zgartirmaydi. Ya’ni bu ikkala tur ham to‘g‘ri va me’yorda foydalanilsa, salomatlik uchun foydali bo‘ladi.

“Mineral suv shubhasiz foydali, ammo uni me’yorda iste’mol qilish kerak — kuniga 2 marta 150 mldan oshmasligi tavsiya etiladi. Shu bilan birga, o‘rtacha minerallashgan suv turlari afzal sanaladi,” — deydi mutaxassis.

Suvning foydali ta’siri uning kimyoviy tarkibiga ham bog‘liq. Masalan, gidrokarbonatli mineral suv hazmni yaxshilashga, sulfatli va magniyli suvlar esa ichak faoliyatini tartibga solishga yordam beradi. Kalsiyli mineral suv esa suyak to‘qimalari uchun manfaatli hisoblanadi.

Ammo muhim jihat — mineral suv hech qachon muolaja vositasini to‘liq ta'minlamaydi. U faqat yordamchi tarkibiy qism sifatida ishlatiladi. Shaxsiy tanlov esa insonning umumiy sog‘ligi, organizmidagi ehtiyoj va tibbiy tavsiyalarga tayanadi.

Shu bois, mineral suv tanlashda mutaxassis maslahatiga quloq tutish, mahsulot tarkibini o‘qib chiqish va uning miqdorini nazoratda ushlash juda muhimdir.

Salomatlik – to‘g‘ri tanlovdan boshlanadi!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Gazli yoki gazsiz mineral suv – qay biri foydali?