Meditsina sohasida yana bir muhim yangilik e’lon qilindi, deb xabar berdi medicalxpress.com. Amerika Qo‘shma Shtatlarida olimlar keksa yoshdagi insonlarda kuzatiladigan ko‘rish muammolariga qarshi inqilobiy tomchi dori yaratishdi. Mazkur dorini ishlab chiqish va keng sotuvga chiqarishga FDA — AQSH Oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlar sifati ustidan sanitariya nazorati boshqarmasi rasman ruxsat berdi.
VIZZ savdo nomi bilan bozorga chiqariladigan ushbu dori, yosh o‘tishi bilan bog‘liq ko‘rish qobiliyati pasayishini samarali davolashga qaratilgan. Bir marta foydalanishning o‘ziyoq ko‘zning aniqlik darajasini oshirishi, yaqindagi buyumlarga e’tiborni jamlash va kerakli ravshanlikni qaytarishi mumkin. Olimlar ta’kidlashicha, ushbu dori ustida 20 yil davomida izlanishlar olib borilgan va hech qanday xavfli yon ta’sirlar aniqlanmagan.
Tadqiqotlar va statistikaga qaraganda, dunyo bo‘yicha ikki milliarddan ziyod odam keksalikka xos ko‘rish zaiflashuvidan jabr chekmoqda. Yangicha tomchi dorining afzalligi shundaki, u ko‘zoynaksiz yoki qimmatbaho jarrohlik amaliyotlarisiz ham ko‘rish qobiliyatini qayta tiklash imkonini beradi.
Ma’lum qilinishicha, VIZZ tomchi dorisi joriy yilning o‘zida rasman sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Bu yangilik butun dunyo bo‘ylab millionlab insonlarga yangi umid va yuqori sifatli hayot bag‘ishlashi mumkin.
Yangi tibbiy texnologiya va innovatsiyalarni kuzatib boring — salomatlik va ravshanlikning kelajagi shunaqa boshlanadi!
Keksalar uchun yangi imkoniyat: ko‘rishni tiklovchi tomchi dori ishlab chiqarildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar