date

Kuniga 15 daqiqa tez yurish qarishni sekinlashtiradi

Kuniga 15 daqiqa tez yurish qarishni sekinlashtiradi
Yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kuniga atigi 15 daqiqa tez yurish yurak-qon tomir kasalliklari, diabet va xotira bilan bog‘liq muammolar xavfini kamaytiradi. Vunderbilt universiteti olimlari 85 ming kishi ishtirokida olib borgan tadqiqotda bu odat umrni uzaytirishi aniqlangan.

Olimlar fikricha, tez yurish qon bosimini pasaytiradi, qon aylanishini yaxshilaydi va immunitetni mustahkamlaydi. Shu bilan birga, muntazam jismoniy faollik uyqu sifatini oshiradi va yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, kuniga kamida 15 daqiqa tez yurganlarda erta o‘lim xavfi 20 foizga kamaygan. Sekin yurganlar orasida esa bu ko‘rsatkich atigi 4 foiz bo‘lgan.

Mutaxassislar samarali yurish uchun gavdani tik tutish, yelka va qo‘llarni tabiiy tebratish, burun orqali nafas olib, og‘iz orqali chiqarishni tavsiya qiladi.

Shifokorlar kun tartibiga tez yurishni kiritish oson ekanini aytadi: ertalab ishga ketishdan oldin, tushlik payti yoki kechqurun xavfsiz joylarda 15 daqiqa tez yurish sog‘liq uchun katta foyda keltiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Kuniga 15 daqiqa tez yurish qarishni sekinlashtiradi