date

Bel og‘rig‘i faqat keksalikning belgisi emas

Bel og‘rig‘i faqat keksalikning belgisi emas

Beldagi og‘riq ko‘pincha morfologik va funksional o‘zgarishlar tufayli mushak to‘qimalari hamda suyak tizimida ro‘y beradi. Aynan shu holatlar ko‘p hollarda bel atrofida noqulaylik va og‘riq hissini paydo qiladi.

Shu bilan birga, oshqozon-ichak tizimiga oid ayrim kasalliklar ham bel og‘rig‘iga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, appenditsit, ichaklarda ovqatning o‘tmay qolishi, buyrak sanchig‘i yoki tanosil tizimidagi xastaliklar (gonoreya, trixomoniaz, xlamidioz, ureaplazmoz, andeksit) shu qatoriga kiradi.

Ba’zi hollarda og‘riq saraton xastaliklari yoki modda almashinuvi jarayonining buzilishi tufayli ham rivojlanishi mumkin. O‘sma ko‘pincha surunkali og‘riq keltirib chiqaradi, ammo nevrologik belgilari kuzatilmaydi. Shuningdek, osteomiyelit ham uzoq davom etadigan og‘riq manbai bo‘lishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bel og‘rig‘i faqat keksalikning belgisi emas