date

Bolalarning ko‘rishga ta’sir qiluvchi 4 ta xatosi

Bolalarning ko‘rishga ta’sir qiluvchi 4 ta xatosi

Tibbiy hisobotlarga ko‘ra, maktab yoshidagi har uch boladan ikkitasi — taxminan 66 foizida ko‘rish bilan bog‘liq turli muammolar bor. Bu nafaqat o‘qishda qiyinchilik, balki bosh og‘rig‘i, tez charchash va diqqatni yig‘a olmaslik orqali ham seziladi.

Ko‘zoynak tanlashda yo‘l qo‘yiladigan xatolar esa muammoni yanada og‘irlashtirishi mumkin. Shuning uchun quyidagi qoidalarga e’tibor berish juda muhim:

1. To‘g‘ri tashxis – birinchi qadam

Optika salonlarida o‘lchangan ko‘rish qiymatlari ko‘p hollarda aniq bo‘lmaydi. Bolani oftalmolog ko‘rigidan o‘tkazish shart. Faqat shifokorgina to‘g‘ri tashxis qo‘yib, mos linza dioptriyasini belgilaydi.

2. “Zaif” ko‘zoynak olish – katta xato

Ko‘p ota-onalar dioptriyasi zaifroq ko‘zoynak tanlash bolaning ko‘zini “ishlatib turadi” deb o‘ylaydi. Aslida esa bunday yondashuv ko‘rishni to‘liq tuzatmaydi, natijada ko‘zlar ortiqcha zo‘riqib, charchoq va bosh og‘rig‘i paydo bo‘ladi.

3. Yosh va hayotiy faoliyatni hisobga olish

Ko‘zoynak tanlashda bolaning yoshi, darslardagi ishtiroki va serharakatligi inobatga olinishi kerak. Masalan, faol bolalar uchun sinmaydigan, mustahkam materialdan yasalgan opravalar eng to‘g‘ri tanlov hisoblanadi.

4. Moslashish davrini unutmang

Yangi ko‘zoynakka ko‘nikish uchun bir necha kun vaqt kerak bo‘ladi. Agar bu davrda ko‘z og‘rishi, bosh aylanishi yoki ko‘rishda xiralik saqlanib qolsa, darhol shifokorga murojaat qilish lozim.

Bolalarni telefon va planshetdan chegaralangan vaqtda foydalanishga o‘rgating. Har soatda kamida 5 daqiqa uzoqroq masofaga qarash odati ko‘rish salomatligini ancha yaxshilaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bolalarning ko‘rishga ta’sir qiluvchi 4 ta xatosi