Chaqaloqlarda ilk tishning chiqishi har doim ota-onalar uchun muhim va qiziqarli davr hisoblanadi. Tishlar paydo bo‘lishidan oldin chaqaloqda bir qator belgilarga e’tibor berish mumkin. Masalan, bola injiq bo‘lib qoladi, qo‘llarini yuziga cho‘zadi, burni yoki qulog‘ini tortadi. Shu bilan birga, so‘lak oqishi ko‘payadi va bola hamma narsani og‘ziga oladi. Uxlash rejimi buziladi: ona suti bilan oziqlanayotgan chaqaloq ko‘proq emadi, sun’iy ovqatlanadigan bolalar esa so‘rg‘ichni og‘zidan chiqarmaydi.
Bu belgilar tishlarning tez orada chiqishini ko‘rsatadi. Tana harorati biroz ko‘tarilishi mumkin, odatda 37,5 darajagacha, va jarayon virus yoki bakterial kasallik bilan murakkablashmasa, bir necha kun davom etadi. Tishlar chiqayotganda haroratning ko‘tarilishi milkdagi yallig‘lanish, biologik faol moddalarning ta’siri va infeksiya xavfi bilan bog‘liq. Agar tana harorati 38 darajadan yuqori bo‘lsa yoki 4 kundan ortiq davom etsa, bola muntazam yig‘lasa, pediatrga murojaat qilish zarur.
Voyaga yetganlarda tish chiqishi chaqaloqlardagi kabi tez sodir bo‘lmaydi, ayniqsa aql tishlari bir oy va undan ko‘proq davom etishi mumkin. Og‘riq va noqulaylik kuchaysa, tish shifokoriga murojaat qilinishi tavsiya etiladi. Shu tarzda, tishlar tezroq va sog‘lom tarzda chiqadi, bola uchun jarayon qulay kechadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!