date

Kontratseptiv tabletkalar ayol miyasiga ta’siri oshkor qilindi

Kontratseptiv tabletkalar ayol miyasiga ta’siri oshkor qilindi

Kaliforniya universiteti (Los-Anjeles) mutaxassislari olib borgan so‘nggi tadqiqotga ko‘ra, og‘iz kontratseptivlari miya faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Olingan natijalarga ko‘ra, ular ayollarning hissiy holati va kayfiyatiga o‘zgarish kiritib, individual neyron xususiyatlarni susaytiradi, deb yozmoqda Peopletalk.

Tadqiqotda yoshi 20 dan 33 gacha bo‘lgan 26 nafar ayol ishtirok etdi. Ular sikl davomida avval tabletka, so‘ngra esa platsebo qabul qilishdi. Har ikki jarayonda ham ular funksional MRIdan o‘tkazildi va kayfiyatlari maxsus testlar orqali baholandi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, kontratseptiv vosita qabul qilinganida miya faoliyati o‘xshash bo‘lib, shaxsga xos ayrim individual xususiyatlar yo‘qolgan. Bu, ayniqsa, rejalashtirish, his-tuyg‘ular va o‘zini nazorat qilishga mas’ul bo‘lgan sohalarda yaqqol kuzatilgan.

Ishtirokchilar orasida ko‘plab ayollar dori qabul qilingan vaqtda kayfiyatda salbiy o‘zgarishlar bo‘lganini qayd etgan. Olimlar bu holatni gormonlarning hissiyotlarni boshqaruvchi miya markazlariga ta’siri bilan izohlaydi.

Tadqiqotchilar so‘zlariga ko‘ra, ishlar ayrim cheklovlarga ega — namuna kichik va kuzatuv qisqa muddatli bo‘lgan. Shunga qaramay, natijalar bu yo‘nalishda kattaroq va uzoq muddatli izlanishlarga ehtiyoj borligini ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislar avvalroq ham kontratseptivlar ba’zi hollarda ayollarda insult xavfini oshirishi mumkinligini ta’kidlashgan. Shunga qaramay, tabletka hozir ham eng keng tarqalgan himoya usuli hisoblanadi: AQSHda reproduktiv yoshdagi har to‘rtinchi ayol, Buyuk Britaniyada esa uch millionga yaqini undan foydalanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Kontratseptiv tabletkalar ayol miyasiga ta’siri oshkor qilindi