date

Barmoqlarni qirsillatish nimalarga salbiy ta'sir ko‘rsatishni bilarmidingiz?

Barmoqlarni qirsillatish nimalarga salbiy ta'sir ko‘rsatishni bilarmidingiz?

Barmoqlarni qirsillatish ko‘pchilik uchun oddiy odatdek tuyulsa-da, u ba’zi hollarda atrofdagilarning asabiga tegishi va hatto salomatlik uchun xavfli bo‘lishi mumkin.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, odamlarning 25% dan 54% gacha bunday odatga ega. Barmoq qirsillatish ko‘proq erkaklarda uchraydi. Bu holat nerv tizimini xotirjam qilsa-da, shu bilan birga, boshqalar uchun noqulaylik tug‘diradi.

Qanday qilib bu odatdan voz kechish mumkin?

Qo‘lingizni band qilish — samarali usul. Masalan, qalam yoki tangani aylantirish, yoki badaningizga zarar yetkazmaydigan mashg‘ulotlarga e’tibor qaratish mumkin.

Qo‘l kremidan foydalanish orqali ham qo‘llarni band qilish mumkin — qirsillatgingiz kelganda krem surting.

Yaqinlaringizdan sizga eslatma berishini so‘rash, stress to‘pidan foydalanish va barmoqni cho‘zuvchi mashqlar ham samarali hisoblanadi.

Qirsillatish haqida qiziq faktlar

Barmoqni bir marta qirsillatgandan so‘ng, shu barmoqni 15-20 daqiqacha qayta qirsillatib bo‘lmaydi — bunda suyaklar orasidagi gazlar qayta suyuqlik bilan aralashishi kerak.

Qirsillatish qo‘lning titrog‘iga sabab bo‘lmaydi. Agar qo‘lingiz titrasa, nevrologga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Rentgenda qirsillatish vaqtida havo pufakchalarini ko‘rish mumkin. Bu jarayon insonni xotirjam qilsa-da, boshqalar uchun asabiylik keltirishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Barmoqlarni qirsillatish nimalarga salbiy ta'sir ko‘rsatishni bilarmidingiz?