Biz nega ko‘p hiqichoq tutamiz va uning asosiy sabablari

Salomatlik1 daqiqa o'qish539
Biz nega ko‘p hiqichoq tutamiz va uning asosiy sabablari

Har bir inson hayotida hiqichoq holatiga duch kelgan. Ayrim hollarda u qisqa muddatli va bezarar ko‘rinadi, ammo u turli omillar ta’sirida paydo bo‘lishi mumkin.

Hiqichoqqa olib keluvchi asosiy sabablar quyidagilar:
— Sigareta va spirtli ichimliklarni ortiqcha miqdorda iste’mol qilish;
— Gazlangan ichimliklar va o‘ta achchiq ovqatlarni qabul qilish;
— Juda tez ovqatlanish;
— Ortiqcha kulgu yoki baland ovozda gapirish;
— Shishadagi ichimliklarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ichish;
— Juda ko‘p havo yutish;
— Juda issiq yoki juda sovuq suyuqliklarni qabul qilish;
— Stress va turli hissiy muammolar.

Qisqa muddatli hiqichoqdan qutulish usullari esa turlicha:
— Bir choy qoshiq qand yoki asalni yutib yuborish;
— Och qoringa bir necha don chinak (gvozdika) chaynash;
— Nafasni 10 soniya ushlab turish va keyin asta-sekin nafas olish;
— Tizzalaringizni ko‘kragingizga tortib, qo‘llaringiz bilan quchoqlab, bir necha daqiqa shu holatda turish;
— Quloqlarni barmoq bilan yopib, somoncha orqali suv ichish;
— Stulda o‘tirib, qo‘llardan foydalanmasdan suv ichishga urinish;
— Bir choy qoshiq tuzni yutib, keyin oz miqdorda suv ichish (bunda xotirjam bo‘lish kerak);
— Hiqichoqlaringizning davomiyligini kuzatish va uning oldidan yo‘talish;
— Hiqichoqni jiddiy qabul qilmay, biroz kutish (ba’zi hollarda u o‘zi yo‘qoladi);
— Qog‘oz paketda nafas olish va chiqarish;
— Tezda bir stakan muzdek suv ichish;
— Limon sharbati qabul qilish;
— Shifokor tavsiyasi bilan bo‘yindagi karotid venani massaj qilish.

Mutaxassislar ta’kidlaydilarki, hiqichoq qisqa muddatli bo‘lsa, xavotirli holat emas. Ammo u uzoq davom etsa, shifokor ko‘rigidan o‘tish zarur. Chunki uzoqqa cho‘zilgan hiqichoq ba’zan boshqa kasalliklarning belgisi bo‘lishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?